2-ma’ruza: Informatika oʻqituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish


Download 17.7 Kb.
bet1/2
Sana21.11.2021
Hajmi17.7 Kb.
#176033
  1   2
Bog'liq
2-ma’ruza. Informatika oʻqituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.


2-ma’ruza: Informatika oʻqituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
Informatika oʻqituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarliginishakllantirish vositalari.

1-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillariva uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv oʻquv maqsadlari:

1. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari toʻg’risidagitushunchalarga ega boʻladilar.

2. Pedagogik innovatsiya tamoyillari va uni rivojlantirish mexanizmlari toʻg’risidagitushunchalarni farqlay oladilar.

1-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiya quyidagi tamoyillargaasoslanadi:

- ta`lim – tarbiyaning yagona tizimdan iborat ekanligi, undagi uzluksiz ta`limtizimi va tarkibining yaxlitligi, birligi hamda bir-biri bilan uzviy bog’langanligi;

- ta`lim-tarbiya jarayonini olib borishda optimal variantlarni topishga erishish;

- zamonaviylik, yani ta`lim-tarbiya uslubiyatini zamonaviy fan-texnika yutuqlaribilan boyitib borish;

- ilmiylik, yani ta`lim-tarbiya tizimini muntazam ravishda rivojlantirib borishmaqsadida uzluksiz ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib borish;

- moddiy-texnika bazani zamon talabi asosida yaratish, pedagogik jarayondaaxborotlashtirish muhitiga e`tibor berish;

- axborot texnologiyalari va texnikalaridan foydalanish samaradorliginioshiruvchi elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish, shuningdekmasofaviy ta`lim va “Internet” dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

- talabalar bilimini baholashni avtomatlashtirish hamda bilim monitoringinimuntazam ravishda nazorat qilib borish va shu kabilar.

Pedagogik innovatsiyani rivojlantirish mexanizmlari:

- ta`lim muassasasida ijodiy muhit yaratish, bu boradagi tadbirkorlik vatashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash;

- ta`lim innovatsiyalari boʻyicha olib borilayotgan izlanishlarga shart-sharoitlaryaratish va ularning ommaviy tadbig’iga koʻmaklashish;

- ilmiy – izlanuvchanlikni rag’batlantirish, tanlovlar oʻtkazish hamda ularniiqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;

- istiqbolli ishlanmalarni, samarali ta`lim uslublari, shakllari, yoʻllarini uzluksizta`lim tizimiga kiritishga koʻmaklashish, yangiliklarni muvofiqlashtirish va toʻplash vashu kabilar.

2-asosiy savol boʻyicha darsning maqsadi: Pedagogik innovatsiya tamoyillariva uni rivojlantirish mexanizmlari tushunchalarini talabalarda shakllantirish.

Identiv oʻquv maqsadlari:

1. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan

innovatsion xislatlar toʻg’risidagi tushunchalarga ega boʻladilar.

2. Pedagogik innovatsiyalarlarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadiganinnovatsion xislatlar toʻg’risidagi tushunchalarni farqlay oladilar.

2-asosiy savol bayoni: Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishningtashkiliy asoslari:

- pedagogik innovatsiyalarni yig’ishda innovatsiyalar boʻyicha aniq ma`lumotlarbazasini tashkil qilish va ta`lim-tarbiya sohasining me`yoriy hujjatlari boʻyichama`lumotlar omborini yaratiladi;

- pedagogik innovatsiyani tanlashda quyidagilarga e`tibor beriladi: pedagogikinnovatsiyaning pedagogik samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilibborish; pedagogik innovatsiya boʻyicha tajriba-sinov ishlarini tahlil qilib borish,umumlashtirish. Ommalashtirishlar boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;

- pedagogik innovatsiyani joriy qilishda uni joriy etish jarayonini muntazamravishda kuzatib borish, pedagogik innovatsiyaning rivojlanish mexanizmlariga alohidae`tibor berish va shu kabilar.

Pedagogik innovatsiyadan foydalanishga uslubiy tavsiyalar:

- ta`lim-tarbiya sohasidagi davlat me`yoriy hujjatlariga e`tibor berish;

- pedagogik innovatsiya sohasidagi ma`lumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlashva uzatishga tayyorlash orqali axborot holiga keltirish;

- pedagogik innovatsiyaning joriy etilishi boʻyicha axborot tizimini yaratish;

- pedagogik innovatsiya boʻyicha kompyuter tarmog’ida saytlar ochish va undan foydalanish koʻlamini kengaytirish va h.k.

Pedagogik innovatsiyalarni joriy etishda boʻlajak oʻqituvchilarda shakllanadigan innovatsion xislatlar:

- talabaning ijodkorligi xislati, bunga talaba oʻzining intellektualqobiliyati hamda muntazam ravishda oʻz ustida ishlashi orqali erishadi;

- talabaning kompyuter savodxonligi va axborot madaniyati yuksakligi xislati;

- talabaning yangilikni joriy etishdagi faoliyatni oxirigacha yetkaza olish xislati;

- talabaning innovatsion faoliyatda ilg’or boʻlish xislati;

- talaba shaxsining g’ayrat-shijoatlik xislati;

- etakchi kasbiy pedagogik mahoratga ega boʻla olishlik mahorati.

Bu qayd etilgan pedagogik innovatsiyani ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligini amalga oshirish orqali ta`lim tizimida sezilarli sifat oʻzgarish-lariga vayuqori samaradorlikka erishiladi. Albatta bu zaruriy ketma-ketlikni amalga oshirish borasida keng miqyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi mumkin.

Ta`lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va qoʻllash yaqin oʻttiz yillik tarixga ega. Bu davrda rivojlangan xorijiy davlatlarda yangi pedagogic texnologiyalar, yangi axborot texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu borada respublikamizda ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Samarqand davlat universitetida ham yuqorida qayd etilgan pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish joriy etishning zaruriy ketma-ketligi boʻyicha diqqatga sazovor ishlar qilinmoqda. Jumladan, universitetda “Innovatsion uslublarni yaratish va joriy etish markazi” tashkil etilgan.


Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling