2-maruza. Issiqlik nurlanishi. Kirxgof qonuni. Stefan-Bolsman qonuni va Vin siljish qonuni. Reley-Jins qonuni Reja


Download 377.3 Kb.
bet5/6
Sana22.02.2023
Hajmi377.3 Kb.
#1219598
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-мавзу атом 22 топширикли

Vin qonuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolyut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum λmax to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
, (9)
bu formulada λmax – absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi to‘lqin uzunligidir, T – absolyut qora jismning absolyut temperaturasi, b – o‘zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi, b ning tajribalar asosida aniqlangan qiymati b=2,910–3 mK.
(9) formuladan ko‘rinadiki, qora jismning temperaturasi – T qancha yuqori bo‘lsa, λmax shuncha kichikroq qiymatga ega bo‘ladi. Vin qonuni siljish qonuni ham deyiladi va bu qonun tajribalarda tasdiqlangan. Vin qonunini yana quyidagicha ta’riflash mumkin: absolyut qora jism nurlanish spektrida maksimal energiyaga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi absolyut temperaturaga teskari propor­sionaldir.
Vin qonuni asosida qizigan jismlarning (metallar, erituvchi pech­lar, atom portlashidan hosil bo‘ladigan bulutlar va boshq.) spektriga qarab ularning temperaturasini aniqlashning optik pirometriya usuli ishlab chiqilgan. Shu usuldan foydalanib birinchi marta Quyosh sirti temperaturasi o‘lchangan. Yer sirtiga keladigan Quyosh nurlari energiyasining maksimumi to‘lqin uzunligi λmax=0,47 mkm bo‘lgan ko‘zga ko‘rinadigan sohaga to‘g‘ri keladi. Vin qonuniga asosan Quyosh sirtining absolyut temperaturasi quyidagi formula asosida hisoblab topilgan:
.
Reley-Jins formulasi. Issiqlik nurlanishining spektrida energiya taqsimlanishining zichligi tebranishlar modasining o‘rtacha energiya­si ma’lum bo‘lganda, (1) formula yordamida hisoblanadi. ni topish uchun klassik fizikada nazariyadagi erkinlik darajalari bo‘yicha energiyaning teng taqsimlanishi teoremasidan foydalanish mumkin. Klassik statistik tizimda har bir erkinlik darajasiga 1/2 kT energiya to‘g‘ri keladi. Garmonik ossillyatorning o‘rtacha kinetik energiyasi, o‘rtacha potensial energiyasiga teng. Shuning uchun ossillyatorning o‘rtacha energiyasi kT ga teng. Qaralayotgan statistik tizimga kovak bo‘shlig‘idagi nurlanish va kovak devorlari ossillyatorlari kiradi, bu esa kovak bo‘shlig‘ida bir tebranish modasiga (turg‘un to‘lqinga) to‘g‘ri keladigan o‘rtacha energiya ga teng bo‘lishini ko‘rsatadi, ya’ni
, (10)
(10) formuladan ning ifodasini (1) formulaga qo‘yilganda quyidagi formula hosil bo‘ladi:
, (11)
bu yerda ρν – issiqlik nurlanish spektrida energiya taqsimlanishining zichligi; ν – issiqlik energiyasi chastotasi; k – Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning son qiymati k=1,3810–23 J/gr; T – issiqlik nurlanishi chiqarayotgan jismning absolyut temperaturasi; c – vakuumda yorug‘lik tezligi, c=3108 m/s; h – Plank doimiyligi bo‘lib, uning son qiymati h=6,6210–34 Jc.
(11) formula Reley-Jins formulasi deyiladi. Bu formula 1900-yilda D.U.Reley tomonidan taklif qilindi va D.D.Jins tomonidan batafsil asoslandi. Reley-Jins formulasi issiqlik nurlanishi spektrida energiya taqsimlanishining zichligini ifodalaydi. (11) formula bo‘yicha hisoblangan ρν ning qiymatlari (4-rasmda punktir chiziq) nurlanish spektrining kichik chastotalar sohasida tajriba natijalariga mos keladi. Katta chastotalar sohasida ρν ning (11) formula bilan hisoblangan qiymati tajribada aniqlangan qiymatidan keskin farq qiladi. Rasmda tajriba egri chizig‘i ν→∞ bo‘lganda, ρν→∞ munosabat hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, nurlanish energiyasining to‘liq hajmiy zichligi ham cheksiz katta qiymatga ega bo‘ladi:
. (12)
Bunday hol bo‘lishi mumkin emas. Tajribada ρν katta chastotalar sohasida (ultrabinafsha sohada) nolgacha kamayib boradi. Bunday holni kvant mexanikasi asoschilaridan biri P.Erenfest “ultrabinafsha halokat” deb atadi. ρν ning cheksiz katta qiymatga ega bo‘lishi jism va uning nurlanishi orasidagi muvozanatga faqat absolyut nolda erishilishi mumkin degan xulosaga olib keladi. Bunday xulosa tajriba natijalariga ziddir, chunki aslida har qanday temperaturada jism – nurlanish sistemasi muvozanatda bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, klassik fizika asosida chiqarilgan Reley-Jins formulasi absolyut qora jism issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasini tushuntira olmadi.

Download 377.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling