2-Mа’ruzа: Kоmplеks birikmalаrning nоmlаnishi va olinishi


Download 455 Kb.
Sana21.12.2019
Hajmi455 Kb.

2-Mа’ruzа: Kоmplеks birikmalаrning nоmlаnishi va olinishi

Kompleks birikmalarni nomlashda ba’zan ularning rangidan yoki shu moddani kashf etgan olim nomidan foydalaniladi. A.Vеrnеr koordinatsion birikmalarni nomlash uchun «ratsional nomеnklatura» yaratdi. Ratsional nomеnklatura koordinatsion birikmalarning tarkib va tuzilishini aks ettirishi, ya’ni nomi moddaning tabiatiga mos bo’lishi kеrak edi. Tuzsimon koordinatsion birikmalarni ikki so’z bilan noionogеn birikmalarni bir so’z bilan atash taklif qilindi. Shuningdеk, ammiak –«ammin», suv-«akvo», oltingugurt-«tio», -«gidrokso», « « esa «pеrokso», xlor-«xloro», ftor-«ftoro» va hokazo so’zlar bilan ifodalanadigan bo’ldi.

1963-yildan boshlab taklif qilingan nomеnklatura xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi tеrminlar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. 1. Kompleks ionlarni nomlashda birinchi navbatda kation, undan kеyin anion ataladi. Masalan: -diaminkumush (I)-bromid, -kaliy trixloromis (I). 2. Ligandlarni nomlashda avval anion, so’ngra nеytral ionlar va undan kеyin kation nomi ataladi, (ularning orasiga dеfis qo’yilmaydi). Anionlarni atashda dastlab oddiy anion, undan kеyin ko’p atomli anion nomi aytiladi. Ularning nomiga «at» qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan, -kaliy dixlorodinitroplatinat (II).

3. Ligandlar sonini ifodolovchi qo’shimchalar. Oddiy ligandlar sonini ifodalashda di-, tri-, tеtra-, pеnta-, gеksa- va hokazo qo’shimchalar ishlatiladi. Masalan: -kaliy gеksasianotеmir (II), -kaliy gеksasianotеmir (III), -gеksaakvoalyuminiy xlorid.   4. Markaziy ionning oksidlanish darajasini nomlash. Markaziy ionning oksidlanish darajasini ko’rsatish uchun uni qavs ichida lotin raqamlari bilan ifodalanadi. Masalan: -diamminmis (I) gidroksid.

5. Bir koordinatsion markazni ikkinchisi bilan bog’lab turuvchi «ko’prik» vazifasini bajarayotgan guruhlarni atashda ularning oldiga μ-harfi qo’yiladi. Masalan: -di --gidroksooktaakvoditеmir (III)-sulfat, -kaliy di --gidroksotеtra-oksalatodixrom (III).

6. Gеomеtrik izomеrlarni nomlanishida ularning raqam bеlgilaridan yoki sis- va trans-tеrminlaridan foydalaniladi. Trans-dixlordiammin-palladiy(II) , yoki 1,3-dixlordiamminpalladiy (II).

Oktaedrik koordinatsion birikmalarni nomlashda ham raqam bеlgilardan va trans-, sis-tеrminlardan foydalaniladi. Masalan: sis—dibromotеtraamminrodiy (III) ion.

Bevosita metall-metall bog’i bor koordinatsion birikmalarni nomlashda ikkita usul ishlatiladi. Birinchi usulda avval ligandlarning umumiy soni, keyin ligandning nomi, so’ngra "di" qo’shimcha va nihoyat markaziy atomning nomi keltiriladi. Masalan:

  • -geksaetildiqo’rg’oshin
  •  
  •  
  •  

-oktakarbonildimolibden Ikkinchi usulda nomlanish- avval "bis" qo’shimchadan boshlanadi, keyin molekulaning yarmi nomlanadi. Bunda yuqorida keltirilgan qo’rgoshinning birikmasi esa bis (uchetilkurgoshin), molibdenning birikmasi esa bis (tetrakarbonilmolibden) deb o’qiladi. Bir-biri bilan bog’langan ikkitadan ko’p markaziy atom bor koordinatsion birikmalar klasterlar deb aytiladi. Klasterning geometrik shaklini belgilashda "uchburchak", "kvadro", "tetraedro", "oktaedro" so’zlari qo’llaniladi. Masalan:

  • -dodekaxloro-uchburchak-uchrenat (III)

Ichki sfera [kompleks] Таshqi sfera (ion qarshiligi)

  • [Ni(NH3)6]Cl2
  • K4[Fe(CN)6]
  • [Cr(CO)6]
  • [Ni(NH3)6]2[Fe(CN)6]
  • Misollar
  • Ichki sfera
  • Ichki sfera
  • Ichki sfera
  • Таshqi sfera
  • Таshqi sfera
  • Таshqi sfera yo’q
  • Ichki sfera
  • Таshqi sfera
  • Ichki sfera
  • Таshqi sfera

Kompleks xosil qiluvchi ligandlar, KS va dentatligi. Misollar

  • [NH4]Cl – КS 4, dent.1
  • [Al(H2O)6]Cl3 – КS 6, dent.1
  • K[I(I)2] – КS 2, dent.1
  • H2[SnCl6] – КS 6, dent.1
  • K2[Be(OH)4] – КS 4, dent.1
  • K[BiI4] – КS 4, dent.1
  • [Al(H2O)3(OH)3] – КS 6, dent.1
  • (NH4)2[Be(CO3)2] – КS 4, dent.2
  • [I—I—I]–
  • Be
  • O
  • O
  • O
  • O
  • O=C
  • C=O
  • 2–

Polidentat ligandlar

  • этилендиаминтетрасирка кислота

Ko’pyadroli komplekslar

  • КS 4, dent. 1 vа 2
  • Ko’priksimon
  • Кlaster
  • Al
  • Cl
  • Cl
  • Cl
  • Al
  • Cl
  • Cl
  • Cl
  • Cl4Re
  • ReCl4
  • 2–
  • (CO)3Co
  • Co(CO)3
  • CO
  • CO
  • Aralash
  • КS 6, dent. 1 vа 2

Kompleks birikmalar nomenklaturasi. 1. Ligandlar nomi

  • L– : tugashi «о»
  • F–
  • Cl–
  • O2–
  • S2–
  • OH–
  • SO42–
  • CN–
  • NO2–
  • H–
  • (Н+)
  • ftoro-
  • xloro-
  • okso-
  • tio-
  • gidrokso-
  • sulfato-
  • siano-
  • nitro-
  • gidrido-
  • (gidro-)
  • L0 : nomi
  • H2O
  • NH3
  • CO
  • NO
  • py
  • en
  • akva
  • ammin
  • karbonil
  • nitrozil
  • Piridin C5H5N
  • etilendiamin NH2CH2CH2NH2
  • L+ : tugashi «iy»
  • N2H5+
  • Н+
  • gidraziniy
  • gidro-

2. Kompleks birikmalarning formulasi va nomlanishi. [M(L+)(L0)(L–)]±,0

  • Ligandlar soni – grekcha nomlanishi.
  • 1 – (mono)
  • 2 – di
  • 3 – tri
  • 4 – tetra
  • 5 – penta
  • 6 – geksa
  • 7 – gepta …
  • Murakkab ligandlar soni: bis-, tris-, tetrakis-, pentakis-
  • [M(en)4] - tetrakis(etilendiamin)…
  • [M(SO42-)2] bis(sulьfato-)…
  • Kompleks nomi:
  • Har bir turning ligand soni  ligand nomi  kompleks hosil qiluvchining nomi kerakli shaklda

3. Komleks birikmalarning nomi

  • A) tashqi sferasiz komplekslar
  • [MLn] n  L  M (bir so’z bilan)
  • Misollar:
  • [Ni(CO)4] – tetrakarbonilnikel;
  • [Co2(CO)8] – oktakarbonildikobalt;
  • [Al2Cl6] – geksaxlorodialyuminiy;
  • [Co+III(NH3)3Cl3] – trixlorotriamminkobalt(III)
  • [Co+II(H2O)4(NO2)2] – dinitrotetraakvakobalt(II)

Komleks birikmalarning nomi

  • B) Kompleks kation
  • [MLn]+X–
  • «anion kation»: n  L  M(st.ok.)
  • Misollar:
  • [AgI(NH3)2]OH –
  • gidroksid diamminkumush(I);
  • [CoIII(NH3)6](OH)2Cl –
  • xlorid-digidroksid geksaamminkobalьt(III);
  • [Cr2III(NH3)9(OH)2]Cl4 –
  • xlorid digidroksononaammindixrom(III)

Komleks birikmalarning nomi

  • V) Kompleks anion
  • X+[MLn]–
  • «anion kation»:
  • anion n  L  M(st.ok.)-«at»
  • Ag – argent-
  • Au – aur-
  • Cu – kupr-
  • Fe – ferr-
  • Hg – merkur-
  • Mn – mangan-
  • Ni – nikkol-
  • Pb – plyumb-
  • Sb – stib-
  • Sn – stann-
  • Misollar:
  • [Fe(CN)6]3– – geksatsianoferrat(III)-ion
  • [Ag(CN)2]– – ditsianoargentat(I)-ion
  • K2[HgI4] – tetraiodomerkurat(II) kaliy
  • K2[PtCl6] – geksaxloroplatinat(IV) kaliy

KOORDINATSION BIRIKMALARNI OLISH

  • Koordinatsion birikmalar olishda quyidagi sintez usullar idan foydalaniladi :
  • 1)Muvozanatli
  • 2) genealogik sintezlar.
  • M u v o z a n a t l a r sintezda asosiy rolni termodinamik munosabatlar bajaradi. Bunda «mahsulotlar» energetik manfaat jihatidan dastlabki moddalardan kо‘ra afzalroq bо‘lishi kerak. Bunda reaksiyalarning mexanizmi ikkinchi darajali hisoblanadi, ba’zan «mahsulotlarning» tuzilishi dastlabki moddalarning tuzilishidan umuman boshqacha bо‘lishi mumkin.

Muvozanatli sintezni olib borish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.

  • Muvozanatli sintezni olib borish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak.
  • Koordinatsion birikma hosil bо‘lish muvozanat jarayonini ta’minlash uchun zaruriy harorat va boshqa sharoitlar tanlash ;
  • Muvozanatni mahsulotlar hosil bо‘lish tomoniga qarata siljitish choralarini izlash ;
  • Zaruriyat bо‘lsa, dastlabki moddalar energiyasini imkoni boricha oshirish ;
  • Agar koordinatsion birikma hosil qilish jarayoni mahsulotni saqlash mumkin bо‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan bо‘lsa, «muvozanatni yaxlatish» usuli tanlanadi.
  • G e n e a l o g i k sintezda mahsulotning tuzilishi dastlabki moddalar tuzilishiga о‘xshash bо‘ladi. Bunda reaksiya mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Bu holda ham mahsulotning energetik jihatdan afzalligi imkoni boricha о‘z kuchini saqlab qoladi.

Genealogik sintezlarni о‘tkazishni ham dastlabki moddalar kattaroq energiyaga ega bо‘lishiga, harorat tanlashga, yaroqli katalizator ishlatishga, reaksiya mahsulotini saqlab qolish sharoitini tanlashga e’tibor beriladi. Ikkala usulda ham mahsulotni tozalash, uni ajratib olish, kimyoviy analiz qilish kabi ishlarni tо‘liq bajarish talab qilinadi. Sintez ishining barcha bosqichlarini taftish etib borishda fizik – kimyoviy izlanish usullari, qisqa tо‘lqinli spektroskopiya, yadro magnit rezonans (YAMR) usullari katta yordam beradi.

  • Genealogik sintezlarni о‘tkazishni ham dastlabki moddalar kattaroq energiyaga ega bо‘lishiga, harorat tanlashga, yaroqli katalizator ishlatishga, reaksiya mahsulotini saqlab qolish sharoitini tanlashga e’tibor beriladi. Ikkala usulda ham mahsulotni tozalash, uni ajratib olish, kimyoviy analiz qilish kabi ishlarni tо‘liq bajarish talab qilinadi. Sintez ishining barcha bosqichlarini taftish etib borishda fizik – kimyoviy izlanish usullari, qisqa tо‘lqinli spektroskopiya, yadro magnit rezonans (YAMR) usullari katta yordam beradi.

Bunday diagrammalarga asoslanib, koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishidagi konsentratsiyalar sohasi aniqlanadi. Masalan, ZnCl2 ― glitsin (NH2CH2 COOH ) va suvdan iborat sistemaning 50o C dagi eruvchanlik diagrammasiga asoslanib, bu sistemada uchta birikma : ZnCl2 · NH2CH2 COOH, ZnCl2 · 2NH2CH2 COOH va ZnCl2 · 3NH2 CH2 COOH hosil bо‘lishi aniqlangan.

  • Bunday diagrammalarga asoslanib, koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishidagi konsentratsiyalar sohasi aniqlanadi. Masalan, ZnCl2 ― glitsin (NH2CH2 COOH ) va suvdan iborat sistemaning 50o C dagi eruvchanlik diagrammasiga asoslanib, bu sistemada uchta birikma : ZnCl2 · NH2CH2 COOH, ZnCl2 · 2NH2CH2 COOH va ZnCl2 · 3NH2 CH2 COOH hosil bо‘lishi aniqlangan.
  • Koordinatsion birikmalar hosil qilishni ma’lum temperatura sharoitida amalga oshirishda kо‘pincha termogravimetrik tekshirish (ya’ni sistemadan yengil uchuvchan ligand chiqib ketishi tufayli modda massasining vaqt va temperatura ortishi bilan kamayishini aniqlash) natijalaridan ham foydalaniladi.

Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun misollar.

  • Suvsiz tuzlar (CuSO4, NiSO4, CoCl2) suv bilan о‘zaro ta’sirlashganida kristallgidratlarga (masalan, CuSO4 · 5H2O, NiSO4 · 7H2O, CoCl2 · 6H2O) aylanadi. Bu tuzlarning suvdagi eritmalarida [Cu(H2O)4]2+, [Ni (H2O)6]2+ va [Co(H2O)6]2+ tarkibli kompleks ionlar mavjud.
  • Al3+, Cr3+, Sn2+, Zn2+, Pb2+ va Co2+ ionlarining tuzlari eritmasiga alohida – alohida probirkalarda ozginadan NaOH eritmasi qо‘shilganda eritmada metallarning gidroksidlari chо‘kmaga tushadi. Probirkalarga mо‘l miqdorda NaOH eritmasi quyib chо‘kmalarni eritiladi, natijada har bir eritmada [Al(OH)6]3-,[Cr(OH)6]3-, [Sn(OH)4]2-, [Zn(OH)4]2-, [Pb(OH)4]2-, [Co(OH)4]2- tarkibli gidrokso koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.
  • Cu2+, Zn2+ va Ni2+ tuzlari eritmasiga konsentrlangan ammiak eritmasidan qо‘shiladi. Hosil bо‘lgan metall gidroksidlar mо‘l miqdordagi ammiak eritmasida eritiladi. Natijada [Cu(NH3)4] (OH)2, [Zn (NH3)6] (OH)2, [Ni(NH3)6] (OH)2 tarkibli birikmalar hosil bо‘ladi.
  • Ikki idishdagi Zn2+ va Cd2+ tuzlarining eritmalariga Na2SO3 ning konsntrlangan eritmasidan bir necha tomchi solib ZnSO3 va CdSO3 larning chо‘kmalarini hosil qilinadi. Sо‘ngra ikkala probirkaga mо‘l miqdorda Na2SO3 eritmasini qо‘shsak, [Zn (SO3)2]2- va [Cd(SO3)2]2- tarkibli koordinatsion birikmalarning ionlari hosil bо‘ladi.

Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini eritma rangi yoki moddalar eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.

  • Odatda koordinatsion birikma hosil bо‘lishini eritma rangi yoki moddalar eruvchanligining о‘zgarishi orqali kuzatish mumkin.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling