2-ma`ruza mashg’ulot qog’oz va karton bilan ishlash darslarining mazmunini tashkil etish metodikasi reja


Download 280.92 Kb.
bet1/3
Sana12.03.2023
Hajmi280.92 Kb.
#1265313
  1   2   3
Bog'liq
2-6ma`ruza sirtqi ta`lim uchun


2-MA`RUZA MASHG’ULOT
QOG’OZ VA KARTON BILAN ISHLASH DARSLARINING MAZMUNINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Reja:
Qog`oz bilan ishlash.
Karton bilan ishlash.
Qog’oz va kartonni o’lchash usullari.
 
Tayanch iboralar: qog`oz, karton, yozuv qog`ozi, chizmachilik qog`ozi, sariq karton.
Boshlang’ich sinflardagi texnologiya ta’limi dastur materiallarini tahlil qilar ekanmiz, barcha sinflardagi ish turdaridan biri «Qog’oz va karton bilan ishlash” ekanligini ko’ramiz.
Boshlang’ich sinf o’quvchilar qog’oz va kartonga ishlov berishning quyidagi usullarni o’rganadilar:
Qog’ozning turi, navi, rangi, o’lchamiga ko’ra tanlash:
Qog’ozdan maketlar yasaganda qog’ozga ishlov berishning yeng oddiy usulari sifatida qog’ozni buklab o’rtasidan va to’rtburchak qilib buklash (uzunasiga va ko’ndalangiga).
Ingichka qog’oz parchalarini to’g’rilash, bukilgan joylarini ikki tomonidan buklash.
45-90 gradus burchak qilib buklash.
Qog’ozni buklab belgilangan chiziq bo’yicha qaychi bilan qirqish, asbobni ushlash, xavfsizlik choralarini qo’llash.
Qog’ozni andoza bo’yicha belgilash. Qalam bilan chiziq bo’yicha oddiy belgilash.
Qaychi bilan kvadratlar, turli burchaklar, uchburchaklar, doiralar qirqish.
Qaychi bilan murakkabroq shakllar: barglar, qo’ziqorinlar, mevalarni qirqish.
Qog’ozdan qirqilgan applikatsiya detallariga yelim surtish usullari.
Applikatsiya detallarini yelimlab yopishtirish. Tayyor mahsulotlarni quritish.
Qog’ozni yelimi surtiladigan qismlarini oldidan ko’chirib buyum detallarini bir-biriga yopishtirish.
Daftar, kitoblarni muqovalash.
Qog’ozni buklash va turli shakillar yashash.
O’quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning xususiyatlarini hisobga olib, ish usullaridan ongli foydalanishlari, mehnat jarayonida fan asoslarini o’rganish vaqtida egallagan bilimlarini qo’llashlari lozim. Birinchi sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat mehnat darsi mashg’ulotlaridagina yemas, balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan tanishadilar. Bu barcha o’quv anjomlari daftarlar, kitoblar, o’quv qo’llanmalari, bosiladigan qog’oz turlari: yoziladigan, muqova qilinadigan, bosma, rasm solinadigan, kitob va oynoma qog’ozlaridir. Ta’lim jarayonida o’quvchilar turli qog’ozlarning asosiy jismoniy xususiyatlari; rangi, qalinligi, zichligi siyohni singdirish xususiyati, sathining xarakteri - silliq g’adir-budirligi bilan tanishadilar. “Qog’oz va karton bilan ishlash» o’quvchilarni garmonik rivojlantirishida katta ahamiyatga yega. Ayniqsa, (rangli qog’oz bilan ishlash ijodni rivojlantirshga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo’l mehnati, chamalash va rangni sezishni o’stiradi. Qog’oz va karton bilan ishlash mashg’ulotlariga oldindan quyidagicha tayyorgarlik ko’rishadi: stolning ustiga qog’oz yozib, o’ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich qalam avtoruchka, old tomonlariga yelim qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga, ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plarnini qo’yadilar. Har bir mashg’ulot oxirida o’quvchilar keyingi mashg’ulotda kerak bo’ladigan narsalarni yozib oladilar. O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqdan unumli foydalanishlari, o’qituvchi ko’rsatmalariga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozoda saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Bu qog’ozlarning turlari quydagilardan iborat:

Download 280.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling