2 maruza mashg`uloti: Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik


Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi


Download 66.88 Kb.
bet19/24
Sana13.03.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1266138
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2 MARUZA MASHG`ULOTI

Turkistonda jadidchilik harakati. Yangi usul maktablarining ochilishi.Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining alohida bir oqimi sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, “yangilik”, demakdir) maktablarining yuzaga kelishi mashhur qrim-tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir.
1851 yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratk g’oyalarni musulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z navbatda jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti birinchi navbatda maorifga bog’liq ekanligini anglab etb, jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalgaoshirishni yangi usuldagi maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan ochilgan yangi usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining ommaviy tus olishigaasosiy sabab I.Gaspirali tomonidan 1883 yildan boshlab nashr etla boshlangan “Tarjimon” gazetasi bo’ldi. Shu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi usuldagi maktab hayotga bag’ishlangan asarlari jumlasiga “Hujai Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv jarayonini tashkil etsh, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktk va metodik ko’rsatmalar bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi.
I.Gaspirali boshqa turkiy xalqlar qatori o’zbek millatdagi ijtmoiy fikrlar taraqqiyoti va shu jumladan, haqiqiy vatanparvar o’zbek ziyolilari, pedagoglarining kamol topishida ham o’chmas iz qoldirdi.
1893 yili Ismoil Gaspirali Turkistonga kelib, chor huqumat amaldorlarini va Buxoroamiri Abdulahadni musulmon maktablarini isloh qildirishga ko’ndirmoqchi bo’ladi.
Ismoil Gaspirali Buxorodan so’ng poezdda Samarqandga borgan, undan Toshkentga kelib, Turkiston general-gubernatorligidagi, amaldorlar bilan o’z niyat-maqsadlarini o’rtoqlashgan. Biroq, Toshkentda uni yaxshi kutb olishmadi, loyihasi esa etborsiz qoldi rildi. 1893 yil 8 iyunda u yana Samarqand orqali Buxoroga qaytb borgan vaamir bilan uchrashib, E.J.Laxzarining ko’rsatishicha, uni yangi usuldagi bir maktab ochishga ko’ndirgan. Ikkinchi usuli jadid maktabini 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domlaochdi. Shu yili To’qmoqda ham yangi usul maktabi paydo bo’ldi. 1899 yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori yangi usul maktabini ochdilar. 1903 yilda, umuman, Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktabi bor edi. Bulardan 6 tasi Buxoroamirligida va 8 tasi Xivaxonligi hududida edi.

Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling