2-ma’ruza Mavzu: Diаgrаmmа vа grаfiklаrni hоsil qilish. Mа’lumоtlаrni sаrаlаsh. Excelda elektron jadvallar yaratish va ularni qayta ishlashda dasturlash elementlaridan foydalanish
Ifodalarni berilgan qiymatlarda hisoblash
Download 481.5 Kb.
|
2-ma\'ruza
Ifodalarni berilgan qiymatlarda hisoblash. Berilgan qiymat-larda formula bilan berilgan ifodalarni hisoblash matematikada ko‘p uchraydigan masalalardan biridir. Bunday masalalrni Excel dasturida bajarish unchalik murakkab emas. Buning uchun yacheykalarga berilgan qiymatlarni kiritib, ixtiyoriy yacheykada berilgan funksiyani argument-larni yacheykalar nomi orqali yozib olamiz.
Masalan, a,b,c tomonlari bilan berilgan uchburchakning peremetri va yuzasini hisoblash talab etilgan bo‘lsin. Eng avval A1,B1,C1,D1,E1,F1 yacheykalarni “Объединить ячейки” buyrug‘i orqali birlashtirib, matn kiritish sohasini hosil qilamiz va “Uchburchak yuzasini hisoblash” matnini kiritamiz, hamda a,b,c, p, p1,s o‘zgaruvchilarni A2, B2, C2, D2, E2, F2 yacheykalarga, ularning qiymatlarini esa mos ravishda A3, B3, C3, D3, E3, F3 yacheykalarga joylashtiramiz. D3 yacheykaga peremetrni hisob-lash formulasi =A3+B3+C3 ni kiritamiz: E3 yacheykaga peremetrning yarmini hisoblash formulasi = D3/2 ni kiritamiz: F3 yacheykaga esa Geron formulasi =korenь(E3*(E3-A3)*(E3-B3)*(E3-C3)) ni kiritamiz . Har bir formula kiritilgan-da so‘ng Enter tugmachasi bosiladi va formula kiritilgan yacheykada sonli qiymat hosil bo‘ladi. Bu yerda a=3, b=4, c=5 qiymatlar uchun uchburchakning peremetri va yuzasidir. a, b, c larning boshqa qiymatlarida hisoblashni davom ettirish uchun avto-to‘ldirishdan foydalanamiz. Buning D3, E3, F3 yacheykalarni belgilab olamiz.F3 yacheykaning quyi qismidan sichqoncha ko‘rsatkichi yordamida pastga tortib, avtoto‘ldirishni bajaramiz: K erakli natijaga ega bo‘lamiz. Matematikada mantiqiy ifodaning qabul qiladigan qiymatlariga mos ravishda ifodalarning qiymatlarini hisoblashga doir misollar ko‘plab uchraydi. Buning uchun mantiqiy ifodaning qiymatini tekshirish va shunga mos ravishda funksiyaning qiymatini hisoblash kerak bo‘ladi. Buni Excel dasturida bajarish uchun =если(mantiqiy ifoda; 1-ifoda; 2-ifoda) funksiya qo‘llaniladi. Masalan, ax2+bx+c=0 kvadrat tenglamaning ildizla-rini hisoblash talab etilgan bo‘lsin. Eng avval A1,B1,C1, D1, E1,F1 yacheykalarni “ob’edinitь yacheyki” buyrug‘i orqali birlashtirib, matn kiritish sohasini hosil qilamiz va “Kvadrat tenglamani echish” matnini kiritamiz, hamda a,b,c,d, x1,x2 o‘zgaruvchilarni A2, B2, C2, D2, E2, F2 yacheykalarga, ularning qiymatlarini esa mos ravishda A3, B3, C3, D3, E3, F3 yacheykalarga joylashtiramiz. D3 yacheykaga diskriminantni hisoblash = B3^2-4*A3*C3 formulasini kiritamiz: E3 yacheykaga x1 ildizni hisoblash =если(корень(D3)>=0; (-B3+ корень(D3)/(2*A3)); “ - “) formulasini kiritamiz. Bu yerda, agar D<0 bo‘lsa, haqiqiy echim yo‘q, ya’ni “ #### “ javob bo‘ladi. Xuddi shunday , F3 yacheykaga x2 ildizni hisoblash =если(корень(D3)>=0; (-B3- корень(D3)/(2*A3)); “ - “) formulasini kiritamiz. Bu erda ham, agar D<0 bo‘lsa, haqiqiy echim yo‘q, ya’ni “ #### “ javob bo‘ladi. Har bir formula kiritilganda so‘ng Enter tugmachasi bosiladi va formula kiritilgan yacheykada sonli qiymat hosil bo‘ladi. Bu erda a=1, b=-2, c=3 qiymatlarda kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlari mavjud emas ekan. a, b, c larning boshqa qiymatlarida kvadrat tenglamaning ildizlari topishni davom ettirish uchun avto-to‘ldirishdan foydalanamiz. Matematika eng ko‘p uchraydigan masalalardan biri argumentning berilgan ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarida funksiyalarning qiymatlar jadvalini hosil qilishdan iboratdir. Bunda argumentning qabul qiladigan har bir qiymatida funksiyaning qiymatlar jadvalini hosil qilish va u asosida funksiya grafigini yasash kerak bo‘ladi. Bu jarayon takrorlanuvchi jarayon bo‘lib, argumentning qabul qiladigan barcha qiymatlarida funksiya bir necha bor takroran hisoblanadi. Buni Excel dasturida quyidagicha bajarish mumkin. Masalan, y=x2+4 va y=sinx funksiyalarni [-6;6] oraliqda h=1 qadam bilan qiymatlar jadvali va grafigi hosil qilish talab etilgan bo‘lsin. Buning uchun A1,B1,C1,D1,E1,F1 yacheykalarni “ob’edinitь yacheyki” buyrug‘i orqali birlashtirib, matn kiritish sohasini hosil qilamiz va “Funksiya qiymatlar jadvali grafigi” matnini kiritamiz, hamda x, y=x2+4, y=sinx o‘zgaruvchilarni A2, B2, C2 yacheykalarga, ularning qiymatlarini esa mos ravishda A3, B3, C3 yacheykalarga joylashtiramiz. B2 yacheykaga 1-funksiyani umumiy ko‘rinishi: =A3^2+4, C2 yacheykaga 2-funksiyani formulasini =sin(A2) kiritib enter tugmachasini bosamiz. SHu yacheykalarga mos qiymatlar hosil bo‘ladi. B3,C3 yacheykalarni belgilab, avto to‘ldirish orqali boshqa qiymatlarni ham hosil qilamiz. Endi funksiya grafigini quramiz. A3:B15 maydonni belgilab, Вставка menyusining Диаграммы bo‘limidan Точечная grafik ko‘rinishining uchinchisini tanlaymiz: Natija quyidagicha bo‘ladi: 0>0> Download 481.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling