2-Ma’ruza Mavzu: Elektr ta’minoti qurilmalari
Tarmoq filtri – stabilizatorlar
Download 57.73 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq filtri.
Tarmoq filtri – stabilizatorlar. Elektr ta’minoti tizimlarida yuqori kuchlanishdan va ortiq darajadagi tokdan tashqari, boshqa nosozliklar bo‘lishi ham mumkin. Masalan, elektr tarmog‘idagi kuchlanish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaradan tushib ketadi. Tanishib o‘tilgan elektr energiyasining sakrashidan tashqari, elektr ta’minoti liniyalarida elektrodvigatel va boshqa induktivli yuklamalar yaratadigan radiochastotali yo‘naltirishlar yoki impulsli xalallar yuzaga kelishi mumkin.
Raqamli qurilmalarni bir-biriga ulashdan avval (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani) quyida keltirilgan ba’zi bir xususiyatlarga ahamiyat bering: Kompyuterga ulangan har bir kabel (masalan, kompyuterni va tashqi qurilmani bog‘lovchi) antenna vazifasini bajaradi. Tashqi elektromagnitli maydonlarning ta’sirida unga elektr kuchlanish yo‘naltiriladi. Bunday maydonlarning manbayi sifatida telefon apparatlari, elektron-nurli trubka, elektrodvigatellar, lyuminessentli lampalar va indikatorlar, elektrostatik razryadlar va tabiiyki radioperedatchiklar (radio orqali tovushlar, signallar eshittiradigan apparat) ham bo‘lishi mumkin. O ‘z navbatida raqamli sxemalar 1–2 V amplitudali xalallarga ham juda tasirchan bo‘ladi. Bu sharoitni hisobga olib, binodagi barcha elektr simlar turli xil xalallarni qabul qiladigan katta antenna sifatida ishlaydi, deb aytishimiz mumkin. Tarmoq kuchlanishini bu xalal va tebranishlardan tarmoq filtri, ya’ni stabilizatorlar yorda mida xalos qilish mumkin (4-rasm). Tarmoq filtrining texnik ko‘rsatkichl ari quyida keltirilgan: yuklama quvvatining yig‘indisi – 2,2 kW; yuklamaning nominal toki – 10 A; cheklovchi ko‘tara oladigan xalal 4-rasm. Tarmoq filtri. toki – 2,5 kA dan kam emas; maksimal yutiluvchi energiya – 150 J; 100 A tokidagi xalallarga kuchlanishning chegaralangan darajasi – 700 V. Bu turdagi qurilmalarda elektr kuchlanishni filtrlash va barqarorlashtirish bajariladi, tokning va kuchlanashning o‘zgarishi bostiriladi – bir so‘z bilan aytganda ular kompyuter va elektr ta’minoti zanjiri orasida buferli kaskad vazifasini bajaradi. Filtr-stabilizatorlar yuqorida ko‘rib o‘tilgan sakrashlarni cheklovchi qurilmalarning to‘liq o‘rnini bosadi. Bu asboblarning tuzilishi juda murakkab bo‘lib, ularning tarkibiga transformatorlar, kondensatorlar va chiqish kuchlanishining doimiy sathini ushlab turuvchi elementlar kiradi. Download 57.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling