2-ma’ruza mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni. Reja
Ifodalarni hisoblash va operatorlarlarning bajarilish ketma-ketligi
Download 6.3 Mb.
|
S-D1-ma\'ruza-2
2.9. Ifodalarni hisoblash va operatorlarlarning bajarilish ketma-ketligi
Key Point. C++ da ifodalar arifmetik ifodalar kabi hisoblanadi. Sonli ifodalarni C++ da hisoblash C++ operatorlari orqali elementar arifmetik ifodalarni tarjima qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Masalan, arifmetik ifoda C++ tilida quyidagicha o’girilib yoziladi: (3+ 4* x) / 5– 10* (y - 5) * (a + b + c) / x + 9 * (4/ x + (9+ x) / y) C++ da ifodani hisoblash ortida o’zining hisoblash usuli yotsada, C++ da hisoblangan natija bilan arifmetik hisoblangan natija bir xil bo’ladi. Shuning uchun C++da ifodalarni hisoblash uchun arifmetik qoidalarga rioya qilsa bo’ladi. Qavs ichidagi sonlar oralig‘idagi operator birinchi hisoblanadi. Qavslar ichma-ich bo’lishi mumkin. Bunda eng ichki qavlardagi operatorlar birinchi bajariladi. Agar ifodada bir neha xil operatorlar bo’lsa, ular quyidagicha qoidalarga asosan bajariladi: Qavslardan keyin ko’paytirish, bo’lish va qoldiqni hisoblash operatorlari ishlaydi. Agar ifodada bie nechta ko’paytirish, bo’lish va qoldiqni hisoblash operatorlari mavjud bo’lsa, u holda ular chapdan – o’ngga qoidasi bo’yicha bajariladi; Qo’shish va ayirish operatorlari oxirida bajariladi. Agar ifodada bie nechta qo’shish va ayirish operatorlari bo’lsa, ular ham chapdan – o’ngga qoidasi bo’yicha bajariladi. Masalan: 2.8-ro’yxatda formulasidan foydalangan holda, Farangeyt darajasining Selsiy darajasiga o’girilishiga oid dastur keltirilgan: 2.8-ro’yxat. FarangeytdanSelsiyga.cpp 1 #include 2 using namespace std; 3 4 intmain() 5 { 6 // Enter a degree in Fahrenheit 7 double fahrenheit; 8 cout << "Enter a degree in Fahrenheit: "; 9 cin >> fahrenheit; 10 11 // Obtain a celsius degree 12 double celsius = (5.0/ 9) * (fahrenheit - 32); 13 14 // Display result 15 cout << "Fahrenheit "<< fahrenheit << " is "<< 16 celsius << " in Celsius"<< endl; 17 18 return 0; 19 } Bo’lish amalini bajarishda bir narsaga e’tibor qaratish kerak. C++ da ikkita butun qiymatlarning bo’linmasi ham butun bo’ladi. 12-satrdagi 5 / 9 ifodasi 5.0/9 deb o’giriladi, chunki C++ da 5 / 9 ning qiymati 0 ga teng. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling