2-ma’ruza mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni. Reja
Download 6.3 Mb.
|
S-D1-ma\'ruza-2
Xulosa
cin obyekti konsol oynada ma’lumot kiritish uchun faqat >> operatori bilan birgalikda qo’llanilishi lozim. Identifikatorlar dasturdagi elementlarning ismlari. Ismlar katta-kichik harflar, raqamlar va pastki chiziq (_)lar asosida yasalishi mumkin. Ismlar harflardan yoki pastki chiqizqdan boshlanishi lozim raqam bilan boshlanishi xato. Tavsiflovchi ismlar dasturning o’qishini osonlashtiradi. O’zgaruvchilarni e’lon qilish uning kompilyator tomonidan qanday turda uni saqlashiga zamin yaratadi. Tenglik belgisi (=) C++ da ta’minlash operatori sifatida islatiladi. Funksiyada e’lon qilingan o’zgaruvchiga qiymat ta’minlanishi zarur. Bundan tashqari o’zgaruvchilar dastur bajarilishi davomida o’z qiymatlarini o’zgaritirib turishadi. Nomli o’zgarmas yoki oddiy o’zgarmas dasurda o’zgarmas qiymatli ma’lumot turidan foydalanishga imkon beradi. Nomli o’zgarmas const – kalit so’zi orqali e’lon qilinadi. Odatga ko’ra, nomli o’zgarmaslar katta harflarda nomlanadi. C++ turli oraliq qiymatlarga ega ishorali va ishorasiz butun turlar (short, int, long, unsigned short, unsigned int, unsigned long) bilan ishlaydi. Ishorasiz butun turlar – nomanfiy sonlar. C++ turli oraliq qiymatlarga ega haqiqiy turlar (float, double, long double) bilan ishlaydi. C++ da + (qo’shish), -(ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish) va % (qoldiqni hisoblash) operatsiyalarini bajarish mumkin. Butun turlarning bo’linmasi butun qiymat oladi. C++ da % operatori faqat butun turlar uchun. C++ dagi raqamli operatorlardan iborat ifodalar matematik ifodalar kabi bajariladi. Inkrement (++) va dekrement (--) operatorlari o’zgaruvchi qiymatini bitta oshiradi yoki kamaytiradi. C++ += (qo’shish), -= (ayirish), *= (ko’paytirish), /= (bo’lish) va %= (qoldiqni aniqlash) kabi o’rnatilgan qoidali ta’minlash operatorlarini qo’llashga ruxsat beradi. Hisoblash jarayonida turlicha sonli ma’lumotlarni C++ kerakli turga avtomatik tarzda o’tkazadi. Sonli qiymatlarni bir turdan ikkinchisiga o’tkazish uchun Kompyuter ilmida 1970-yilning 1-yanvarga o’tar kechasi UNIX davri (vaqti) deb nom olgan. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling