2-ma’ruza mavzu: С++da sonlarning turlari va ular ustida amallar. Dastur yaratish jarayoni. Reja


Download 6.3 Mb.
bet2/10
Sana15.11.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1775337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-2

Operator

Nomi

Misol

Natija

+

Qo’shish

34 + 1

35



Ayirish

34.0 – 0.1

33.9

*

Ko’paytirish

300 * 30

9000

/

Bo’lish

1.0 / 2.0

0.5

%

Qoldiq

20 % 3

2

Ikkita butun qiymatlar bo’linganda natija ham faqat butun qismini ko’rsatadi. Masalan, 5/2 ning natijasi 2, 2.5 emas; -5/2 ning qiymati esa -2, -2.5 emas. Bo’linma aniq qiymat chiqarishi uchun bo’linuvchi yoki bo’luvhilardan biri haqiqiy turga mansub bo’lishi kerak.
% operatori qoldiqni hisoblash operatori sifatida tanilgan va faqat butun turlar uchun ishlaydi. Unda sonning butun qismidan keying (ya’ni verguldan keyingi) qoldiq qismi olinadi. Masalan, 7 % 3 ifoda 1; 3 % 7 ifoda 3; 12 % 4 ifoda 0; 0.26 % 8 ifoda 2; 20 % 13 ifoda 7 qiymatlarini qaytaradi.

% operatori musbat butun sonlar uchun tez-tez ishlatilib turiladi. Shuningdek, ularni manfiy butun sonlar uchun ham qo’llasa bo’ladi. Manfiy ishorali butun sonlar odatda unga tegishli kompilyator tomonidan hisoblanadi.
Qoldiqni hisoblash (%) dasturlashda keng qo’llaniladi. Misol uchun, juft son % 2 har doim 0 ga, toq son % 2 esa har doim 1 ga teng. Bu ifoda orqali sonlarning juft yoki toqligini aniqlash mumkin. Agar bugun yakshanba bo’lsa, yakshanba yana 7 kundan so’ng keladi. Faraz qilaylik, siz va do’stlaringiz 10-kuni uchrashishlaringiz kerak. 10 - kun qaysi kun bo’ladi? O’sha kun seshanba ekanligini quyidagi misol orqali aniqlash mumkin:



2.7-ro’yxatda keltirilgan dasturda kiritilgan soniya qiymatlarini daqiqa va soniyalarga ajratib beradi. Masalan, 500 seund 8 daqiqa va 20 soniyadan iborat.
2.7-ro’yxat. VaqtniChiqar.pp
1 #include
2 using namespacestd;
3
4 intmain()
5 {
6 // Foydalanuvchini kiritishga undash
7 int soniya;
8 cout << "Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: ";
9 cin >> soniya;
10 int daqiqa = soniya / 60;
11 int qoldiqSoniya = soniya % 60;
12 cout << soniya << " soniya = "<< daqiqa <<
13 " daqiqa va "<< qoldiqSoniya << " soniya "<< endl;
14
15 return 0;
16 }

Soniyalardagi butun qiymatni kiriting: 500
500 soniya = 8 daqiqa va 20 soniya





Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling