2-ma’ruza Mavzu: Tabiatda suvning aylanishi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1694022
  1   2
Bog'liq
3-ma\'ruza



“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA 
AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi
“Quruqlik gidrologiyasi”
fanidan
3 - ma’ruza mashg’uloti
Mavzu: Tabiatda suvning aylanishi


Adabiyotlar ro’yxati
1.
Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбаев Д.П. Гидрология асослари. Ғ
Ташкент: Университет, 2003. - 337 б.
2.
Ҳикматов Ф.Ҳ., Сирлибоева З.С., Айтбоев Д.П. Кўллар ва сув омборлари
географияси, гидрологик хусусиятлари. –Тошкент: Университет, 2000.
3.
Akbarov A, Nazaraliev D, Muxtorov T. Gidrometeorologiya asoslari «Toshkent
yangi nashr»2008-207b
4.
Karimov S.К., Akbarov A.А., Jonqobilov U. Gidrologiyia, gidrometriyia va oqim
hajmini rostlash.Darslik. – T.: Ўқитувчи, 2004.-230 б.
5.
Чеботарев А.И. Общая гидрология. -Л.: ГМИЗ, 1975.-544 с.
6.
Давыдов Л.К., Дмитриева А.А., Конкина Н.Г.Общая гидрология.-Л.:
ГМИЗ,1973.-462 с.
7.
Linsley Jr R.K., Kohler M.A., Paulhus J.L. H. Hydrology for engineers. – 1975.


REJA:
1. Gidrosfera va dunyo okeani haqida tushuncha.
2. Tabiatdagi suv aylanishi hodisasi turlari.
3. Suv aylanishida quruqlik va okeanning roli.
4. Suv muvozanati tenglamasi haqida tushuncha.


Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi
umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U sayyoramizning suv
qobig’i bo’lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir.
Gidrosfera - dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek,
quruqlikdagi suvlar - daryolar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi
suv bug’laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan
tashkil topgan.
Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km2)ning 361 mln.km2 yoki
71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km2
yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv
havzalarining yig’indi maydoni uning umumiy maydonining 3 foizidan
kamrog’ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi.



Yer
kurrasida
quruqlik
va
suv
yuzalari
notekis
taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda
bo’lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim
sharda esa quruqlik bor yo’g’i 19 foizni egallagan. Bunday
taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va
suvning
tabiatda
aylanishiga
katta
ta’sir
ko’rsatadi.
Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km3
dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km3 qismi Dunyo okeanida,
234 mln.km3 - yer po’stida, 26 mln.km3 - muzliklarda, 176
ming km3 - ko’llarda, 2,1 ming km3 esa daryolardadir. Yerdagi
suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti
suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas.


Atmosferadagi namlikning asosiy manbai-okeanlar va dengizlar
yuzasidan bo’ladigan bug’lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo’ladigan
umumiy bug’lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko’p
qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog’ini
ko’rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi.
Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi
bilan murakkab aloqada bo’ladi.
Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug’lanishi, suv bug’ining
okeanlar ustidan o’tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning
kondensatsiyalanishi hamda yog’in- sochin tarzida yer sirtiga tushishi,
shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko’rinishida oqib ketishi kabi
jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini
ta’minlaydi. Bu bir butun jarayon bo’lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim
omil hisoblanadi. Dunyo okeani bilan quruqlik o’rtasidagi suv va issiqlik
almashinuvi,
shu
jarayon
orqali
amalga
oshadi.




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling