2-ma’ruza Mavzu: Tabiatda suvning aylanishi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo okeani
“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi “Quruqlik gidrologiyasi” fanidan 3 - ma’ruza mashg’uloti Mavzu: Tabiatda suvning aylanishi Adabiyotlar ro’yxati 1. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбаев Д.П. Гидрология асослари. Ғ Ташкент: Университет, 2003. - 337 б. 2. Ҳикматов Ф.Ҳ., Сирлибоева З.С., Айтбоев Д.П. Кўллар ва сув омборлари географияси, гидрологик хусусиятлари. –Тошкент: Университет, 2000. 3. Akbarov A, Nazaraliev D, Muxtorov T. Gidrometeorologiya asoslari «Toshkent yangi nashr»2008-207b 4. Karimov S.К., Akbarov A.А., Jonqobilov U. Gidrologiyia, gidrometriyia va oqim hajmini rostlash.Darslik. – T.: Ўқитувчи, 2004.-230 б. 5. Чеботарев А.И. Общая гидрология. -Л.: ГМИЗ, 1975.-544 с. 6. Давыдов Л.К., Дмитриева А.А., Конкина Н.Г.Общая гидрология.-Л.: ГМИЗ,1973.-462 с. 7. Linsley Jr R.K., Kohler M.A., Paulhus J.L. H. Hydrology for engineers. – 1975. REJA: 1. Gidrosfera va dunyo okeani haqida tushuncha. 2. Tabiatdagi suv aylanishi hodisasi turlari. 3. Suv aylanishida quruqlik va okeanning roli. 4. Suv muvozanati tenglamasi haqida tushuncha. Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U sayyoramizning suv qobig’i bo’lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera - dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlar - daryolar, ko’llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug’laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km2)ning 361 mln.km2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig’indi maydoni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog’ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo’lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo’g’i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln.km3 - yer po’stida, 26 mln.km3 - muzliklarda, 176 ming km3 - ko’llarda, 2,1 ming km3 esa daryolardadir. Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas. Atmosferadagi namlikning asosiy manbai-okeanlar va dengizlar yuzasidan bo’ladigan bug’lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo’ladigan umumiy bug’lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko’p qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog’ini ko’rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo’ladi. Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug’lanishi, suv bug’ining okeanlar ustidan o’tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog’in- sochin tarzida yer sirtiga tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko’rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta’minlaydi. Bu bir butun jarayon bo’lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim omil hisoblanadi. Dunyo okeani bilan quruqlik o’rtasidagi suv va issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling