2-ma`ruza. Mavzu: Transport xuquqining asoslari
Transportda tashish shartnomasi tushunchasi ularining turlari
Download 117.49 Kb.
|
2-ma`ruza
Transportda tashish shartnomasi tushunchasi ularining turlari.
Tashish shartnomasida tashishni amalga oshiruvchi transport tashkiloti hamda yukni tashishga topshiruvchi va yo’l haqini to’lovchi, yuk jo’natuvchi ishtirok etishadi. Odatda yuk jo’natuvchi transport jarayonining uchinchi ishtirokchisi o’zi majburiyatlar bilan bog’langan va yuk belgilangan manzilda topshirilishi lozim bo’lgan yukni oluvchini ko’rsatgan holda yukni transport tashkilotiga topshiradi. SHunday qilib, yuk tashish shartnomasini bir tomon – tashuvchi ishtirokchi tomonidan o’ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan punktga yetkazib berish va yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) berish majburiyatini oladi, ikkinchi tomon – yuk jo’natuvchi esa yukni tashish uchun belgilangan haqni to’lash majburiyatini oladi. Ushbu ta’rifdan, tashish shartnomasi, o’z xususiyatiga ko’ra, haq to’lanadigan va o’zaro tuziladigan hujjat ekanligi ma’lum bo’ladi. U – haq to’lanadigan ish, chunki tashuvchi tashigani uchun haq oladi va o’zaro tuziladigan hujjat, chunki tashuvchi yukni olib borib berishi shart va tashigani uchun haq olish huquqiga ega, jo’natuvchi esa yukni olib borib berishga majbur va topshirilgan yukni olib borib berish huquqiga ega. Yuk tashish shartnomasi tashuvchi yukni qabul qilib olgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va binobarin, haqikiy hisoblanadigan shartnomalar qatoriga kiradi. Ayni mahalda, ayrim holatlarda bu shartnoma konsansual (kelishuvli) bo’lishi mumkin. Tashuvchi transport vositasini yukni tashish uchun topshirishdan oldin bersa, tashish shartnomasi yoki charter shartnomasi deb ataladigan tashish shartnomasi konsensual hisoblanadi. Bundan tashqari yuk tashish shartnomasi ommaviy xususityaga ega bo’ladi. Biroq tashish shartnomasini ommaviy shartnoma deb e’tirof etish uchun Fuqarolik kodeksining 789moddasida ko’zda tutilgan muayyan shartlarga rioya etilishi zarur. Yukni umumiy foydalaniladigan transportda tashish shunday shartlar jumlasiga kiradi. Qonundan, boshqa huquqiy hujjatlardan yoki tegishli tashkilotga berilgan ruxsat (litsenziya) dan u har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaatiga ko’ra yuk tashishi shartligi kelib chiqadigan tijorat tashkiloti amalga oshiradigan tashish umumiy foydalaniladigan transportda yuk tashish deb tan olinadi. Ahamiyati kam bo’lmagan ikkinchi shart: yuk tashishi shart bo’lgan, umumiy foydalaniladigan transportda tashish deb e’tirof etiladigan tashkilotlar ro’yxati o’rnatilgan tartibda e’lon qilingan bo’lishi shart. Download 117.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling