Region (Область) - bu obyektlarning yopiq konturlaridan yaratilgan 2D yuza. Yaroqli obyektlar: poliliniyalar, line, doiralar, yoylar, elliptik yoylar, ellipslar va splaynlar. Obyektning har bir yopiq tekis konturi alohida yuzaga aylantiriladi.
Barcha kesishgan yoki o'z-o'zidan kesishgan yoylar tashlanadi.
Shuningdek КОНТУР (CONTOUR) buyrug'i yordamida yuza(oblast) yaratish ham mumkin.
Table (Таблица) va Multiline Text (Многострочный текст)
Jadval va Multiline Text buyruqlari chizmalarda jadvallar va matn yaratishga imkon beradi.
Jadval bu murakkab obyekt bo'lib, unda ma'lumotlar satrlar va ustunlarga ajratilgan.
Shuningdek, jadvalni Microsoft Excel elektron jadvalidagi ma'lumotlar bilan bog'lashingiz mumkin.
Bir nechta paragraflardan iborat matnni bitta ko'p satrli matn ob'ekti (Mtext) sifatida yaratishingiz mumkin. Ichki muharrirdan foydalanib, siz matn, ustunlar va chegaralarni formatini o'zgartirishingiz mumkin.
Nazorat uchun savollar.
Insert Block va make block buyruqlaridan foydalanish imkoniyatlari?
point buyruq imkoniyatlari qaysilar?
MA’RUZA
“Modify” paneli: erase, copy, mirror, offset, array, move, rotate.
Reja:
erase, copy buyruqlari
mirror, offset uskunalari
array, move, rotate uskunalari
Obyektlarni o’chirish .
Obyektlarni o’chirish uchun eng ko'p ishlatiladigan usul DELETE klavishi yordamida amalga oshiriladi.
Obyektlarni o’chirish uchun, shuningdek, «Стереть» (Erase) "O'chirish" uskunasidan foydalanish mumkin.
I usul:
Obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Klaviaturadan “Delete” tugmasi bosiladi II usul:
Obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Стереть – O’chirish buyruq piktogrammasi bosiladi. III usul:
Стереть – O’chirish buyruq piktogrammasi bosiladi.
Sichqoncha ko’rsatkichi obyekt tanlash rejimiga o’tadi va «Выберите объекты:» - Obyektlarni tanlang: axborotini beradi.
Obyekt sichqoncha yordamida tanlanadi.
Sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi yoki klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi.
Сору (Копировать)-ko’paytirish
Nusxalash (Nusxalash) buyrug'i yaratilgan obyektni yoki obyektlar guruhini belgilangan masofada belgilangan yo'nalishda nusxalash imkonini beradi.Buyruqni
chaqirgandan so'ng, ekranda obyektlarni tanlash uchun kichik kvadratcha va ko’rsatma paydo bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |