2-Ma’ruza. O’r
Download 90.67 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch ibo r ala r
2-Ma’ruza. O’rnatilgan tizimlarga qo’yiladigan asosiy talablar Reja: 1. O’rnatilgan tizimlarning real vaqt ish tartibida ishlash 2. Apparatning ixchamligi va ishonchliligi, 3. Ko’p masalalarni echa olishi va platformalarining turliligi. Tayanch iboralar: hisoblash tizimlar, axborot-boshqaruvchi tizimlar, Networked Embedded System, Embedded System, ob’ektlarni boshqarish tizimlari, telekommunikatsiya, Arduino. Uzoq masofada joylashgan boshqariladigan ob’ektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan hisoblash tizimlar sinflari axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT) deb nomlanardi. Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishi bilan tarmoq yoki taqsimlangan ABTlarni qurish imkoniyati vujudga keldi. Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar paydo bo’lishi ABTni boshqariladigan ob’ektlarga yaqinlashtirish yoki unga EHMni o’rnatish imkonini berdi. Shunday qilib birinchi o’rnatilgan tizimlari (Embedded System) paydo bo’ldi. Bora-bora element bazasi arzonlashishi va uni integrallanishi darajasi ko’tarilishi va hisoblash qurilmalarini ishonchliligi oshishi bilan EHMni boshqariladigan ob’ektni turli joylariga o’rnatish va barcha hisoblash tugunlarini umumiy nazorat tarmoqiga birlashtirilish imkonlari vujudga keldi. Rivojlanish jarayonida elementlar kichiklashishi va boshqariladigan ob’ektlar bilan birlashishi bilan kiberfizik nomini olgan (CPS, Cyber Physical System) tizimlari paydo bo’ldilar. Boshqariladigan ob’ektlariga hisoblash tizimi kiritilish darajasiga ko’ra quyidagi tizimlarni ajratish mumkin: • Axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT). • Taqsimlangan axborot-boshqaruvchi tizimlar (TABT). • O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES). • Tarmoqli o’rnatilgan tizimlar (Networked Embedded System, NES). • Kiber fizik tizimlari (Cyber Physical System, CPS). o’rnatilgan tizimlarga, o’rnatilgandan tarmoqli o’rnatilganga, tarmoqli o’rnatilgandan kiberfizik tizimlariga. Zamonaviy kiberfizik tizimlari juda yaqindan boshqariladigan ob’ektlari bilan integrallashtirilgan. Kiberfizik tizim(CyberPhysicalSystem, (CPS)- nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi o’zaro munosabatlari fizik vositalariga ega (elektrik, ximik, optik, mexanik, biologik va x.k.) maxsus xisoblovchi tizim. Kiberfizik tizimni hisoblash platformasi asosida xar qanday kompyuter qurilmasi qo’llanilishi mumkin. O’rnatilgan tizimlar (Embedded System, ES) tushunchasini ko’pgina aniqlanishi mavjud: • O’rnatilgan hisoblash tizimlari (O’HT) – nazorat va boshqarish ob’ekti bilan bir vazifani bajaruvchi va u bilan umumiy konstruktsiyali maxsus (zakazlangan) hisoblash tizimlari(XT). • O’rnatilgan hisoblash tizimlari–ma’lum bir funktsiyalar yig’indisini bajaruvchi maxsus axborot-boshqaruvchi tizimlar (ABT). • O’rnatilgan hisoblash tizimlari–asosiy funktsiyasi kompyuter funktsiyasi bo’lmagan ammo kompyuterni element sifatida qo’llovchi xarqanday tizim. Masalan: DVD-proigro’vatel, svetoforli ob’ekt, bankomat va x.k. • Kichik kompyuterli (laptop) yoki katta universal kompyuterli (mainframe computer) ammo personal kompyuter bo’lmagan hisoblash tizimni xam o’rnatilgan tizim deb hisoblash mumkin. • O’rnatilgan hisoblash tizimi–umumiy qo’llaniladigan kompyuter bo’lmagan dasturlanovchi kompyuterni o’z ichiga qo’shuvchi qurilma. • O’rnatilgan hisoblash tizimlari – stol kompyuteri bo’lmagan xar qanday amaliy hisoblash tizimi. • O’rnatilgan tizim – boshqariladigan qurilmaga hisoblash elementi to’liq o’rnatiladigan maxsus tizim. Universal kompyuterga ko’ra, o’rnatilgan tizim konkret talabli bir yoki bir necha oldindan belgilangan masalalarni bajaradi. O’rnatilgan hisoblash tizimlari quyidagicha tasniflanadi: • qo’llanishG’tayinlanish doirasi bo’yicha; • axborot va boshqarish funktsiyalarini turli o’zaro munosabatlari bo’yicha (tizim axborot yig’uvchi yoki avtomatik boshqaruvchi); • apparat bloklarini fazoviy lokallashuv bo’yicha: a) fazoviy lokallashgan; b) fazoviy bo’linib joylashilgan. • Hisoblash (ma’lumotlarga ishlov berish) va kommunikativ (ma’lumotlarni kiritish-chiqarish funktsiyalari) tuzuvchilarini turli o’zaro munosabatlari bo’yicha; • Odam ishtiroqi darajasi bo’yicha: a) Avtomatik tizimlar - operator boshlang’ich sozlash va parametrlarni va ishlash rejimlarini operativ aniqlashni bajaradigan tizimlar. Ma’lumotlarni yig’ish, uzatish va boshqarish buyruqlarini bajarish va ularni operativ ishlab chiqish odam ishtiroqisiz amalga oshiriladi; b) Avtomatlashtirilgan tizimlar - operator ishtiroqida qisman yoki to’liq xajmda ma’lumotlarga operativ ishlov berish va bajaruvchi qurilmalar tomonidan boshqarish buyruqlarini xosil qiladigan tizimlar (masalan, teleboshqarish). • Ma’lumotlarga /hisoblashlarga ishlov berishni tashkil etish bo’yicha (markazlashtirilgan/ markazlashtirilmagan); • Tizimni fizik/mantiqiy modullari orasidagi va yoki funktsiyalarini masalalar darajasidagi parallelashtirish bo’yicha. Real vaqt masshtabida ishlash o’rnatilgan tizimni asosiy ishlash xususiyati bo’lib qoladi. Download 90.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling