2-ma'ruza. O‘rta asrlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, aqsh, Fransiyada jismoniy tarbiyani rivojlanishi Reja
Komenskiy pedagogikasida jismoniy tarbiya masalalari
Download 209.67 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Komenskiy pedagogikasida jismoniy tarbiya masalalari. Yan Amos
Komenskiy (1592-1670 yillar) eng ko`zga ko`ringan gumanist pedagog edi. Komenskiy “Chex qaxramonlari” jamoasi oillasida tug`ildi va o`sdi, keyin esa turli mamlakatlarda pedagog bo`lib ishladi. Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy kamolot imkoniyatlarini bergan, deb ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy ta’limning zarurligi to`g`risidagi masalani o`rtaga qo`ydi. U ishonch bilan: “Faqat boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki umuman hamma uchun: aslzodalar va aslzoda bo`lmaganlar, boylar va kambag`allar, og`il bolalar va qizlar uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o`z davrining chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan isloh qilish masalasini o`rtaga qo`yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga”aylantirish lozimligini ta’kidladi.U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi, balki yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi. Komenskiy ta’limda ko`rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg`ulotlarning sinf-dars formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Komenskiy boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan ko`p shug`ullandi. U inson sog`lig`ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining o`sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb hisobladi. U o`yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi. Komenskiy o`z sistemasini qadimgi odamlarning obro`yi va tajribasi asosida emas, balki bolalarni o`qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida ishlab chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi haqida o`yladi va xalq ommasi uchun juda ko`p ishlar qildi. Komenskiy fikricha, tabiat har bir kishiga ma'naviy kamolot imkoniyatlarini beigan, shu sababdan umumiy ta'lim hamma uchun zaruriydir. Demak, barcha joylarda maktab tashkil qilish va ularda barcha bolalar, jumladan, kambag'allarning farzandlari ham o'qitilish kerak, degan g'oyani oldinga suradi Komenskiy. Tomas Mor (1478-1535). Yangi paydo bo'layotgan kapitalistik tuzumga qarshi ilk sotsial utopistlar vujudga kela boshladi. Ular orasida ingliz Tomas Morning alohida o'rni bor. U eski feodal va yangi kapitalistik tuzumlarni butunlay rad etdi. Uning yaxshi davlat tuzilishi va yangi orol haqidagi qiziqarli «Utopiya» («orzu» ma'nosida) kitobi e'tiborga loyiqdir. Bu asarda qat'iy kun tartibi (rejim) belgilanib, unga ko'ra ertalab ishlash uchun- 2 soat, tushlik va dam olishga - 2 soat, tushdan so'ng ishlash uchun- 3 soat, kechki ovqat va ko'ngilochar o'yinlarga - 3 soat, uxlash uchun esa - 8 soat belgilangan. Bolalar tarbiyachilar rahbarligida aqliy ta'lim, mehnat ta'limi, axloqiy va jismoniy tarbiya kurslarini o'tishlari shart bo'lgan. Моr utopistlarning harbiy-jismoniy mashqlariga katta e'tibor berib, qurollar bilan suvda suzish, o'q otish, bolta va boshqa moslamalarni jangda ishlata bilish, oilani himoya qilish hamda qo'shnilarni dushman hujumlaridan saqlash uchun zarurligini uqtiradi. Italiyalik Download 209.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling