2.5. JISMONIY MADANIYAT FAKULTETLARIDA YENGIL ATLETIKANING MAQSAD VA VAZIFALARI
Pedagogika va jismoniy tarbiya institutlari o’quv rejalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayorlash uchun 4 xil sikldan foydalaniladi.
O’quv sikl predmetlari aniq ko’rsatilmagan: ijtimoiy, umumiy, nazariy, medik-biologik, sport pedagogik fanlaridir.
O’quv fanlarini o’kitish jarayonida ayniqsa, yengil atletika darslarida bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi bilan qurollantirish kerak bo’ladi. Shu munosabat bilan quyidagilarni bilish zarur.
- sportchilarni tayyorlashda ularni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalash forma va metodlari umumpedagogik ishlarni asosi hisoblanadi.
Yuqoridan kelib chiqib mutaxassis bilishi kerak bo’lgan narsalar quyidagilardan iborat:
- yengil atletika bo’yicha kadrlarni tayyorlashni planlashtirish va uni amalga oshirish, kuchlilik, chakkonlik, chidamlilik, tezkorlik va epchillik kabi jismoniy sifatlarni egallashdir;
- turli iklim sharoitlarida xar xil zallar va sport maydonlarida yuqori saviyada o’quv-mashg’ulot mashqlarini o’tkazish;
- yengil atletika mashqlari bo’yicha mashqlarni namunali qilib ko’rsatishni egallash, shuningdek, normativlarni topshirish va tayyorlash jarayonida gimnastika yozgi va qishki sport o’yinlari. Og’ir atletika kabi turlardan keng foydalanish mumkin;
- yengil atletika sportining muhim masalalariga doir ilmiy ishlar olib borish;
- har xil musobaqalar, ommaviy sport soglomlashtirish tadbirlarini tayyorlash va o’tkazishda tashkilotchilik, sudyalik va metodik ishlarni amalga oshirish;
- shikastlinishni oldini olish, birinchi yordam kursatish, sport gigienasi va massaj o’tkazishda egallangan bilimlardan amaliy foydalanish.
Yengil atletikaning nazariy va amaliy bo’limlari birgalikda jismoniy tarbiya tizimini turli zvenolarida ishlashga layoqatli haqiqiy mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi.
O’z – o’zini nazorat qilish uchun savollar.
Yengil atletika mashqlari qachon kelib chiqqan?
Jismoniy tarbiyada, yengil atletika ma’lum darajada qachon mustaqil bo’la boshladi?
Eramizdan avvalgi Olimpia o’yinlari qachon o’tkazilgan?
1952 yili qaysi davlatda Olimpia o’yini o’tkazildi?
O’zbekistonda yengil atletika sport turi qachon paydo bo’lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |