jaš+a, mal+ïm, sal+ïš, näk+i, taj+ïη
Diftonglar. Singarmonizmli shevalarda diftong hodisasi ko‘p uchraydi. Har bir
tovush talaffuzida ekskursiya, ish momenti (to‘xtam) va rekursiyaning to‘liq
qatnashishi yoki har bir tovushning mustaqil talaffuzi monoftongdir. Diftong esa bir
tovushda boshqa bir tovush unsurining ishtirokida yuz beradi. Adabiyotlarda
diftongning ikki turi to‘g‘risida, ya’ni so‘z boshida va so‘z ichida (o‘rtasida, oxirida)
qo‘llanishi aytiladi hamda diftongda asosiy unli asosiy tovush tushunchasidan
foydalaniladi.
O‘zbek shevalarida diftongning qo‘llanishida shunday jarayon yuz beradi:
talaffuzda asosiy tovush ekskursiyasi boshlanishida shu tovush artikulatsiyasiga
yaqin boshqa tovush (transkripsiyada i, j, u, ü, v) unsurlari qatnashadi va to‘xtam
hamda rekursiyada asosiy tovush (unli tovushlardan biri) talaffuzi saqlanadi;
so‘z
ichida esa ekskursiya va to‘xtamda asosiy tovush talaffuz etilgani holda, rekursiya
so‘ngida j undoshi qatnashadi (11-rasm).
Bu fonetik hodisa qipchoq, o‘g‘uz lahjasi shevalariga xosdir: ikkinchi ~
j
ekinči,
echki ~
j
eški, ikki ~
j
eki, o‘ynab ~
v
ojnap. Diftongning ikkinchi turiga tush ~ tü
j
š,
sut ~ sü
j
t misollarini keltirish mumkin.
O‘zbek shevalarida quyidagi diftonglar qayd qilinadi:
j
e : ikki ~
j
eki, ena ~
j
enä, ellik ~
j
elüv;
u
o : o‘rta ~
u
Do'stlaringiz bilan baham: |