2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

orta, o‘yla ~ 
u
ojla; 
ü
ö : o‘rdak ~
 ü
ördäk, o‘t(fe’l) ~ 
ü
öt; 
v
o : on ~ 
v
on, oy ~ 
v
oj
ü
j 
: kuz ~ kü 
j
z, kut(fe’l) ~ kü 
j
t
i
j 
: tit(fe’l) – ti 
j
t, ish

j
š; 
ї 
j 
: qiz ~ qї 
j
z.
Diftonglarning vujudga kelishida birlamchi cho‘ziq unlilarning keyingi 
davrdagi taraqqiyoti muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan, iz so‘zi Qorabuloq 
shevasida dastlab i:z tarzida talaffuz qilingan, so‘ng u i
j
z tarzida diftonglashgan. 
Diftonglar diftongoid-larni hosil qiladi, ya’ni asosiy tovush va uning tarkibida 


11 
kelgan hamda unga hamohang bo‘lgan tovush unsuri birgalikda diftongoid deb 
yuritiladi. Masalan,  
j
eki so‘zida
j
e tovushlari birgalikda diftongoiddir. 
Adabiy tildagi uzum, uzuk, ipak, ingichka, ilon, ip kabi so‘zlarning 
shevalarda jüzüm, jüzük, jipäk, jiηiškä, jїlan, jip kabi talaffuz qilinishi diftongga 
aloqasi yoq, balki so‘z boshidagi j mustaqil fonema (monoftong) sifatida o‘z o‘rniga 
ega. 
Aq jïlan, appaq jïlan, ajdïnda jatqanïƞ qanï? 
Biz jamandïn ajrïlïp, jaxšïnï tapqanïƞ qanï? (Xalq qo‘shiqlaridan) 
So‘z boshidagi j undoshi qipchoq shevalarida “ǯ” undoshiga mos keladi va 
tovush mosligini hosil qiladi: ǯüzim, ǯüzik, ǯiväk, ǯiηiškä, ǯїlan, ǯip. 
Shuningdek, o‘zbek tilidagi va shevalaridagi -iy (sinfiy), -uv (biluv) kabi 
qo‘llanishlar ham diftong emas.
Tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlariAssimilatsiya. Odatda 
assimilatsiya unli va undoshlar tizimida baravar qayd qilinadi, lekin ko‘proq 
undoshlar bilan bog‘liq fonetik qonundir. Uning progressiv va regressiv, to‘liq va 
to‘liqsiz assimilatsiya turlari bor.
Progressiv assimilatsiyada oldingi tovush keyingi tovushni o‘ziga singdirsa, 
regressiv assimilatsiyada keyingi tovush oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi.
To‘liq assimilatsiyada o‘zaro bir-biriga singib ketadigan tovushlar tushuniladi. 
Misollar: oldi ~ ālli (Qarshi, Shahrisabz), suvni ~ suvvi (Toshk.), bo‘ldi ~ boddi 
(Shahrisabz), jonlanish ~ ǯāllanïš, senlar ~ sellär (Mang‘it), sochni ~ sāčči 
(Toshkent vil.). 
To‘liqsiz assimilatsiyada tovushlar aynan bir-biriga singmaydi, balki jarangli-
jarangsizlik va boshqa holatlariga (masalan, artiku-latsiyasi yaqinligi) ko‘ra qisman 
o‘xshab ketishi mumkin: oshgan ~ āškän, ishga ~ iškä, ketgan ~ ketkän (Toshk.)
o‘zimdan ~ özimnän (Xorazm.).
Dissimilatsiya. So‘z tarkibidagi undoshlarning boshqa tovush ta’sirisiz tovush 
variantiga ega bo‘lishi dissimilatsiyadir: zarar ~ zälär, devor ~ duvāl, änjir änǯil, 
qimmat ~ qї:jmat. 
 
Sandhi. Bunda ikki so‘zning talaffuzi jarayonida oldingi so‘z nihoyasidagi 
undosh keyingi (boshlanuvchi so‘zdagi) tovushga qisman moslashadi: menga ber ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling