12
Spirantizatsiya. Nutq jarayonida portlovchi tovushning sirg‘aluvchi variantiga
ega bo‘lishi spirantizatsiyadir: yubordi
~ ǯüvärdi (qipchoq),
sabr qildi
~ savїr qїldї
(Xorazm), gapi ~
gävi (qipchoq).
Spontan o‘zgarishlar (jaranglashish). U biror tovush ta’sirida
yuz bermaydi,
balki shevaning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq boʻladi: suyak
~ süjäg
(Namangan), qarg‘a
~
γarγa, sariq ~
sarїγ (qipchoq).
Metateza. U so‘z tarkibida undoshlarning o‘rin almashishidir.
Qipchoq va
Xorazm shevalarida: qo‘shni
~ qoηšї, qumursqa ~
qurmusqa, tekshir
~ teškär.
Reduksiya so‘z tarkibida ayrim tovushlar pozitsiyasining kuchsizlanishidir:
kishi
~ k(i)š(i), keta ber ~
ket(i)vur, Sharif ~
Šär(i)p.
Eliziya tovush tushishi bo‘lib, ikki ko‘rinishga ega, ya’ni ikki so‘z (qo‘shma
so‘z) talaffuzida oldingi so‘z tarkibidagi unli tovushning tushib qolishi:
bora oldi ~
bārāldї(a), ko‘ra oldi ~
körāldi(ä) va so‘z tarkibidagi
pozitsiyasi kuchsizlangan
undoshning tushib qolishidir: bo‘lsang ~
bo:saη(l), bersang ~
be:säη(r), ushlat ~
u:šat(l), qichqir ~
qїčїr(q) (Xorazm), tashlama ~
täšämä(l) (Toshkent), boradi ~
barӡaq, oladi ~
alǯaq (a) (Mang‘it)
. Unlilarning orttirilishi (proteza): loy ~
їlaj, lof
~ їlapї (qipchoq)
.Unlilarning orttirilish so‘z o‘rtasida ham yuz beradi: kasb ~
käsim,
umr ~
umur, vaqt ~
vaqїt (Toshkent vil.)
Undoshlarning takrorlanishi (geminatsiya): qari ~
qarrї, ariq
~ arrїq, ashula
~
Do'stlaringiz bilan baham: