2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

ašullasaqich ~ saqqїz, kichik ~ kiččiulug‘ ~ ullї (Mang‘it) 
So‘z boshida va o‘rtasida undoshlarning orttirilishi: ayvon ~ hajvan, duchor ~ 
duvčar, necha ~ nejčä (qipchoq), natija ~ nätinǯä, eshik ~ eššik, halidan ~ hälittän 
(Andijon) va boshqalar. 
So‘z boshida h undoshining orttirilishi ayrim shevalar uchun o‘ziga xoslikni 
ham bildiradi. Masalan, Mang‘it shevasida bu holat ko‘zga tashlanadi: ari ~ harї, 
ayyor ~ hajjar, ayol ~ hajal, olis ~ halїs
Undoshlarning so‘z boshida tushishi: hatla ~ atla, hurkdi ~ ürkti, hisob ~ їsap, 
ho‘kiz ~ ökizyog‘och ~ aγač(š) (o‘g‘uz, shim. o‘zb. shev.), hashar ~ äšär, hafsala 
äpsälä, yil ~ il, hid ~ id (Andijon) . 
Unlilarning birlamchi, ikkilamchi va emfatik cho‘ziqliklari. 
Birlamchi cho‘ziqlik. Turkiy tillarning dastlabki davrlarida so‘zlarning birinchi 
bo‘g‘inida unlilar cho‘ziq talaffuz etilgan. Bunday cho‘ziqlik boshqa tovush 
ta’sirida yuz bergan emas, balki qadimgi turkiy tilning tabiati bilan bog‘liqdir. 
Unlilarning bunday cho‘ziqligi hozirgi Xorazm, Forish va shimoliy o‘zbek 
shevalarida saqlanib qolgan: tush (tush ko‘rish) ~ tu:š, ot (ism) ~ a:d, bosh ~ ba:š, 
tuz ~ du:z va boshqalar. Bunday cho‘ziqlik birlamchi cho‘ziqlik deyiladi. Birlamchi 


13 
cho‘ziqlik boshqa shevalarda ham ba’zan uchrab turadi, jumladan, Farg‘ona 
shevalarida bil ~ bi:l (bilmoq), Buxoro o‘zbek shevalarida til ~ ti:l, Andijon 
shevalarida teri ~ te:ri (qo‘yning terisi), qari ~ qa:ri (qariya)to‘ri ~ tö:ri (uyning 
to‘ri), Quyi Qashqadaryo shevalarida qani ~ qa:nї, ular ~ o:lar so‘zlarida qayd 
qilinadi. 
Ikkilamchi cho‘ziqlik. So‘z tarkibida biror undosh tovushning nutqda talaffuz 
qilinmasligi natijasida unli tovush cho‘zilishi mumkin: sandiq ~ sändu:, o‘rtoq ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling