2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

e // ä, u //o , e // ö mosligi namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Forish shevasida ham 
// ä (battar ~ betär, mayli ~ mejlisakkiz ~ sekkiz)ü // ö (uy ~ öj, umr ~ ömur), b // 
v (bor ~ va:rbilan ~ vilänbesh ~ veš)v // g (tovush ~ dögüšqarovul qaragul )
p // b (pichoq ~ bїčaqpishadi ~ bišädi) mosliklari qayd qilinadi. Bir qator shevalarda 
so‘z o‘rtasida š // j mosligi mavjud: tashlab ~ täjläp (Surxondaryo). 
Qipchoq lahjasi shevalarini boshqa lahjalardan ajratib turadigan tovush mosligi 
ham bor. Bu so‘z boshida j // ǯ undoshlarining kelishidir: Javzo oyida yog‘in 
yoqqandan ilon yoqqan yaxshi ~ ǯavzada ǯavun ǯavγannan ǯïlan ǯavγan ǯaxšï // 
jaxšï.  


14 
Adabiyotlarda tovushlarning j ~ r mosligi (bir ~ bij) rotatsizm, š ~ l (tänil 
~täniš) mosligi esa lambdaizm deb ham yuritiladi.
 
O‘zbek tilining grammatik kategoriyalari o‘zbek adabiy tili va shevalari 
uchun shaklan bir xil bo‘lib, uni tashkil etadigan so‘z shakllari, to‘g‘rirog‘i, 
affikslarining rang-barangligi bilan adabiy tildan farqlanadi. Albatta, shevalarning 
bu xususiyati uning boyligidan darak beradi. 
Ma’lumki, grammatik kategoriyalar so‘z shakllarining birlasha olish 
qobiliyati nuqtayi nazardan tashkil topadi, ya’ni so‘z shakllari-ning ayni bir xil 
grammatik vazifa bajarishi jihatidan birlashishi ko‘zda tutiladi.  
 
Grammatik son kategoriyasiU birlik va ko‘plik (jamlik) shakllaridan tashkil 
topadi. Ma’lumki, birlik son ko‘plik songa zid qo‘yilishi asosida belgilanadi, lekin 
fe’l shakllarida birlik va ko‘plik o‘z ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi (bu haqda o‘z 
o‘rnida fikr yuritiladi).
Ko‘plik ma’nosini ifodalashda shevalarda -lär, -lar, -när, -nar, -nä, -är,-ä, -
-la, -där, -dar, -tär, -tar kabi qo‘shimchalar qo‘llanadi. O‘zbek shevalari uchun -lär 
arxivariant hisoblanadi va u barcha o‘zbek shevalari uchun umumiydir. Shevalarda 
ko‘plik affiksining quyidagi variantlari amalda bor: 
- varianti Toshkent shahar va Xorazm shevalarida faol qo‘llanadi: uylar ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling