-gi affiksi shaxsni bildiruvchi so‘zlarga qo‘shiladi: ājimgilä (unda oyisi va
boshqa shaxslar birgalikda tushuniladi), ädämgilä (bunda ham adasi va boshqa
shaxslar birgalikda tushuniladi). Jamlik affiksining bu varianti Tojikiston
Respublikasi To‘pqoq shevasida ham ājimgilä, äkäηgilä, sijniηgilä tarzida
qo‘llanishda bor.
Til tarixida ko‘plikning -t, -z, -q // k affikslari bilan ifodalangan shakllari
mavjud bo‘lgan. Ularning qoldiqlari, ya’ni -q affiksining -aq varianti
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sherobod tumanlarida yashovchi
qo‘ng‘irotlar shevalarining ayrim so‘zlarida saqlanib qolmoqda. Ular, asosan,
olmosh va fe’l shakllarida uchraydi: Sizlar borip keldingizlarmi ~ sizaq barїp
kediηizaqmї? O‘zingizlar ~
v
öziηizaq. Bu affiks faqat orqa qator variantli bo‘lib,
ko‘plik ma’nosini eslatib tursada, ushbu o‘rinlarda mavjud ko‘plikni ta’kidlashga
xizmat qilgan.
Shuningdek, Tojikistondagi o‘zbek shevalarida asos va ko‘plik affiksidagi -l //
t metatezasi qayd qilingan: burgutlar ~ bürgültä, tutlar ~ tulta, otlar ~ olta va b.
Bunday holat boshqa shevalarda uchramaydi.
Egalik kategoriyasi. Bu kategoriyadagi shakllarning semantikasi adabiy til
bilan aynan, lekin shevalarda egalik qo‘shimchalari ko‘p variantli bo‘ladi va shu
bilan ular adabiy tildan farqli xususiyatlarga ega.
I shaxs birligida -m // im // їm // um // üm affiksi qatnashadi: bolam ~ balam,
inim ~ inim, alim (qo‘lim) ~ älim, jonim ~ ǯanїm, qo‘lim ~ qolum, ko‘nglim ~
Do'stlaringiz bilan baham: |