2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


köηlüm. I shaxs ko‘pligida -miz // mїz(s) // imiz/їmїz(s)


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

köηlüm.
I shaxs ko‘pligida -miz // mїz(s) // imiz/їmїz(s), - umuz(s) // ümüz, -vuz // vuzä 
affiksi qatnashadi: balamiz ~ balamїz/s, inimiz ~ inimiz, jonimiz ~ ǯanїmїz/s,
 
qolimiz qolumuz/sko‘nglimiz ~ köηlümüz, ishimiz išivuz(ä) 
II shaxs birligida -η // iη // їη // uη // üη affikslari keladi: bolang balaηining 
iniηaling (qo‘ling) ~ äliη, joning ~ ǯanїηqo‘ling ~ qoluηko‘ngling ~ köηlüη 
II shaxs ko‘pligida –ηiz // ηїz(s), -iηiz // їηїz(s), -üηüz // uηuz(s), -i:z-jiz, -
i:jlä, -(i)ηlä // (ї)ηla affikslari ishtirok etadi: balangiz ~ balaηїz/siningiz ~ iniηiz, 
joningiz ~ ǯanїηїz/s, qoʻlingiz ~ qoluηuz/s, ko‘nglingiz ~ köηnüηüz, ishinglar
i:šiηlä, qo‘linglar ~ qolїηla (Xorazm), uyinglar ~ ojijlä, bolg‘angiz ~ bolγäjiz 
(Toshkent vil.). 


16 
III shaxs birlik va ko‘pligida -i // ї, -si // sї, ba’zansu // sü (Qorabuloq) 
affiksilari qatnashadibolasi ~ balasї, inisi ~inisi, qo‘li ~ äli, jon ~ ǯanїtulkisi ~ 
tülküsü, qo‘yi ~ qoju.
Egalik affikslari singarmonizmning palatal va labial turlari qonuniyatlariga 
to‘la boʻysunadi, lekin shevalarda muayyan qonuniyat bilan bog‘lash mumkin 
bo‘lmagan xususiyatlar ham uchraydi va uni nutq qulayligi, iqtisodi hamda til tarixi 
bilan bog‘lash mumkin bo‘ladi, masalan, Toshkent shevasida I shaxs ko‘pligida -
vuz // vuzä affiksi qatnashadi: kitobimiz ~ kitāpuvuzII shaxs ko‘pligida esa -i:z // 
ijiz // jlä affiksi qatnashadikitobingiz ~ kitāpi:z, kitoblaring ~ kitāpijlä.
Kelishik kategoriyasi. Ma’lumki, turkiy tilning dastlabki taraqqiyot davrida 
ta kelishik shakli bo‘lgan, hozirgi o‘zbek adabiy tili ta kelishik shakliga asoslanadi. 
O‘zbek shevalarida esa ba’zan bu raqam to‘rttagacha kamayishi mumkin. Faqat 
qipchoq hamda shimoliy o‘zbek shevalaridagina ta kelishik shakli to‘liq saqlanadi. 
O‘g‘uz lahjasining aksariyat shevalarida, Toshkent, Farg‘ona shevalarida 5 ta 
kelishik qo‘llanadi, ya’ni qaratqich va tushum kelishiklari bir ko‘rsatkich bilan 
ifodalanadi. Qarshi, Buxoro, Surxondaryoning “j” lovchi shevalarida ta kelishik 
qayd qilinadi, ya’ni qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko‘rsatkich bilan, 
jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi ham bir xil ko‘rsatkich bilan ifoda qilinadi.  
Bosh kelishik. Ko‘rsatkichi yo‘q. 
Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qarluq lahjasining aksariyat shevalarida, 
o‘g‘uz lahjasining ayrim shevalarida funksional emas, ya’ni to‘rt va besh kelishikli 
shevalarda bu kelishik affikslari qo‘llanmaydi. Bu kelishik amalda bo‘lgan 
shevalarda quyidagi affikslar qatnashadi:
-niη // nїη affiksi ko‘proq unli va sonor undoshlar bilan tugagan so‘zlarga 
qo‘shiladi: ena ~ enäniη, otaning ~ atanїη (qipchoq), otangning ~ ataŋnïŋ
bedananing ~ bödänäniŋ (Mang‘it). Jo‘sh, Sherobod shevalarida z undoshi bilan 
tugagan so‘zlarga qo‘shilgan-da affiks tarkibidagi n undoshi progressiv 
assimilatsiyaga uchraydi: bizning ~ bizziη, sizning ~ sizziη.  
-iη // їη affiksi undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: ko‘pning toyi köpiη 
tojї, otning boshi ~ atїη bašї (qipchoq, shim. o‘zb. shev.);  
-nüη / /nuη affiksi lablangan unli qatnashgan va unli yoki sonor undoshlar 
bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: uning ~ onuη, uyning ~ üjnüη (qipchoq); 
- üη // uη affiksi lablangan unli qatnashgan va undoshlar bilan tugagan 
so‘zlarga qo‘shiladi: ko‘zning qorachig‘i ~ közüη qaračїγї, tunning qorong‘usi ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling