Yangi o‘zbek transkripsiyasi. Bunda ko‘p yillardan beri turkologiyada
qo‘llanib kelinayotgan transkripsiya tizimiga asoslanildi. Bundan buyon
dialektologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga lotin alifbosi asosidagi quyidagi
transkripsiya tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Unli tovushlarni ifodalashda ishlatiladigan transkripsion belgilar. Unli
tovushlar barcha tillarda ham ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘zbek shevalarida, ayniqsa,
fiziologik
jihatdan
rang-barangdir.
Unlilarni
ifoda
qilishda
o‘zbek
dialektologiyasida quyidagi belgilar-dan foydalaniladi:
a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi.
Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq
shevalarida: ana, ata, bala;
ä (ä) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan
unlini ifoda qiladi: äkä, änä, jäšä. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi;
ā (ā)– orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va
shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: āl, āš, bāl;
e (e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek
shevalarida mavjud: el, bel, jel, kel;
i (i) – indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining birlashishi
(konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-
tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda i: unlisining nisbatan qisqa
talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: keldi, jetti, bir;
Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: kirgin, bārdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |