2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

dänä, uchta ~ üš dänä.
Jamlovchi son Xorazm shevalarida egalik affiksi vositasida, ya’ni ikkalasi ~ 
ikkisi, uchalasi ~ üčisi kabi shakllar orqali ifoda qilinadi. 
Shevalarning o‘z numerativlari ham mavjud: vaqt~ vax (besh vax namaz – 
shim.o‘zb.shev.), vaqt ~ qur (uč qur āvqat - Namangan), ilik ~ jilik (mol go‘shtini 
bo‘lishishda qo‘llanadigan o‘lchov birligi: ikki ilik go‘sht ~ ekki jilik et - shim. o‘zb. 
shev.) va boshqalar. 
Tartib son ba’zi shevalarda -nǯi affiksi bilan ifodalangan: birinchi ~ birinǯi 
(Andijon). Singarmonizmli shevalarda shu variantdan foydalanilgan.
Namangan shevasida chama sonning –läččä (aslida -lar+cha) affiksi bilan hosil 
qilingan varianti qayd qilingan: yuzlarcha ~ jüzläččä, minglarcha ~ miηläččä. 
Jamlovchi sonning -äv // av affiksi Andijon shevasida säkkizäv, toqqїzav, onav, 
qїrqav, jüzäv, miηäv kabi qo‘llanganki, bunday shakl boshqa shevalarda qayd 
qilinmadi.
Olmosh. Shevalaridagi olmoshlar adabiy tildan jiddiy farq qilmaydi. Kishilik 
olmoshlari aynan yoki qisman fonetik o‘zgarish bilan shevalarda qo‘llanadi, ya’ni 
o‘g‘uz va qarluq shahar shevalarida men ~ män, sen ~ sän variantida kelishi 
xarakterli. Qipchoq lahjasi shevalarida III shaxsda u, o, ul, ol variantlarida uchraydi. 
Andijon va shimoliy o‘zbek shevalarida men, sen olmoshlari qaratqich kelishigida 
meƞ, seƞ shaklini olishi kuzatiladi: Meƞ (mening) išimä aralašma (shim. o‘zb. 
shev.). Seƞ (sening) körgiƞ kemäsä (Andijon). 
Ko‘rsatish olmoshining shu ~ šo, shu ~ šol (qipchoq), osha ~ ošї 
(shim.o‘zb.shev.), mana shu ~ mäši (Toshkent), ana shu ~ äši (Farg‘ona) kabi 
shakllari mavjud. Adabiy tildagi u, bu, shu olmoshlari shimoliy o‘zbek va Andijon 
shevalarida ul, bul, šul shakllarida qo‘llanadi: 
Āj čïxsa, ājdïm bolar. 
Kün čïxsa, kündüz bolar. 
Šul ükämdi qašlarï 
Telpäkkä qunduz bolar (Folklordan. Andijon). 


22 
Namangan shevasida huv ana bu ~ xu:nu // xu: änü:, ana u ~ änünä 
olmoshlari juda uzoqdagi predmet va hodisalarni ko‘rsatish-ga xizmat qilgan. 
Shevalarda bu olmoshining bosh kelishikdan boshqa kelishiklarda mu- asosiga 
ega bo‘lishi an’anadir: muni, mumuη 
Shevalarda ne va qa(j) olmoshlari ishtirokida yasalgan so‘roq olmoshlari keng 
qo‘llangan. 
Ravish. Shevalarda ham ravishlarning barcha ma’no turlari qo‘llanadi. 
Ravishlarning aksariyati adabiy til variantlariga yaqin, ba’zilari kuchli fonetik 
o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi: bu yer ~ bet, shu yoq ~ šaq, shu yer ~ šät (Toshkent 
vil.), u yoqda ~ aγda, bu yoqda baγda (Farg‘ona vodiysi shevalarida), ko‘p ~ küb 
(qipchoq), u yoqqa ~ єqä, bu yoqqa ~ bєqä.
 Єqä bārєdi Lє:lixān. 
 Bєqä kєlєdi Lє:lixān. 
 Üzün-üzün ipє:lєni 
Ešip kєlєdi Lє:lixān. (Namangan). 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling