2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

zaman dämimni alajїn, hav (o‘g‘uz) yuklamalari, -yu, -ku yuklamalariga 
ekvivalent bo‘ladigan -γu ta’kid yuklamasi uchraydi: bordi-ku bardї-γu, keldi-ku 
~ kädi-γu (shim. o‘zb. shev.). -γu yuklamasi bir variantli bo‘lib, singarmonizmga 
bo‘ysunmaydi.
Undovlar. Shevalarning o‘z undovlari ham bor:
-his-hayajon undovlari: pah-ej, pah (shodlikni ifodalaydi), vax, vax-ej  
(achinishni bildiradi, Xorazm); 
-haydash-chaqirish undovlari: gäč-gäč (echkini haydash), öǯ- öǯ (molni 
haydash), häk-häk (hakkani haydash, Mang‘it); 
-tasdiq undovi: hava, ha ava, hava, (o‘g‘uz), xop ~ ähä (Norin); 
-hayrat undovi: i:bi: (Buxoro); 
-gumon-umid yuklamasi: -āv (yog‘och mahkamdir ~ jāγāč mäkkäm-āv; 
yog‘in yog‘ib qolar ~ jāvun jāvup qālär-āv.- Toshkeht vil.) 
- ko‘rsatuv undovi: hu ana ~ häjlä (Samarqand). 
Taqlidiy so‘zlarzїηq-zїηq (eshikning g‘iyqillab ochilishi) (Xorazm), bїrt-čїrt
(buzib yubordi ~ bїrt-čїrt qїdї) (Turkiston) kabi adabiy tilda uchramaydigan 
taqlidiy so‘zlar ham bor. 
So‘z yasalishi 
 So‘z yasalishida ham o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. O‘zbek adabiy 
tilidagi so‘z yasovchi affikslar shevalarda rang-barang fonetik variantlarda uchraydi. 
Shu bilan birga, shevalarning o‘z yasovchi affikslari ham mavjud: 
-äk // ävik affiksi fe’ldan sifat yasaydi: suzag‘on sigir ~ süzäk // süzävik sїγїr
tepag‘on ot ~ däpäk at (Xorazm); 
-äki affiksi otdan ravish yasaydi, uning singarmonistik varianti yoʻq: 
tashqaridan ~ sїrtäki (tashqaridan eshitdim ~ sїrtäki ešittim), yoddan ~ jadäki 
(yoddan o‘qidi ~ jadäki oqїdї )(shim. o‘zb. sh.). Bu affiks adabiy tilda og‘zaki, 
jirtaki, qalbaki va boshqa so‘zlarda uchraydi;
-al // äl affiksi sifat va ravishdan fe’l yasaydi: sarg‘ay ~ saral ozay ~ azal, 
ko‘pay ~ köpäl (Xorazm); 


24 
-(a)doη affiksi otdan ravish yasaydi, uning ham singarmonistik varianti yoʻq: 
oqshomgacha (tungacha) ~ axšamadoη, kechgacha ~ gečädoη (Xorazm);

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling