2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja
senčälli, Man‘g‘itchalik ~ Maηїtčälli
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza(sirtqi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- damїzlїq
- Hasan ǯajїγa
senčälli, Man‘g‘itchalik ~ Maηїtčälli (Mang‘it).
-šä // ša affiksi turli so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi: tenglashtir ~ teηšä, qaqsha ~ qaxša, qursha ~ qurša, quruqlashtir ~ quruxša, quloq sol ~ tїηša (Andijon). -šin // šїn affiksi otdan sifat yasaydi: guzarbop ~ güzäršin, bozorbop ~ bazaršїn (Baliqchi, Andijon). Bir qator kamunum affikslar ham qayd qilinadi: -mäk affiksi sifatdan ot yasaydi: ko‘kat ~ kokmäk (Andijon, Farg‘ona); -šuγ affiksi otdan sifat yasaydi: yopishqoq ~ jelimšuγ (Toshkent). 25 Xorazm shevalarida ba’zi o‘rinlarda chiqish kelishigi affiksi so‘z yasash funksiyasini ham bajargan: boladek bo‘ldi ~ baladїn boldї, bolamdek bo‘ldi ~ balamnїn boldї, otdek yuribdi ~ attїn jüripti. Shevalarda shunday misollar uchraydiki, yasalishdagi har ikkala qism adabiy tilda mavjud, lekin adabiy tildagi bir so‘z yasovchi affiks o‘rnida boshqa bir so‘z yasovchi tanlanadi: tomizg‘i ~ damїzlїq (Xorazm), qamishzor~ qamїshlїq (shim. o‘zb. shev.), ishchan ~ iškār (Buxoro). O‘zbek shevalarining sintaktik xususiyatlari kam o‘rganilgan. Bu soha M. Turobova va Y. Jumanazarovlarninggina maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgan, xolos. M. Turobova Toshkent viloyati o‘zbek shevalarining, Y. Jumanazarov o‘g‘uz shevalarining sintaktik tizimini o‘rgangan. Ta’kidlash joizki, har bir lahja, dialekt va shevaning o‘ziga xos sintaktik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritish uchun tadqiqotlar hali yetarli emas. Ushbu o‘rinda e’lon qilingan sheva materiallari asosida shevalarning ayrim sintaktik xususiyatlari keltiriladi. Ma‘lumki, o‘zbek shevalarining o‘ziga xos xususiyatlari, asosan, fonetika, leksika va morfologiyada namoyon bo‘ladi, yozib olingan matnlar sintaksisi esa ko‘proq so‘zlashuv tilini aks ettiradi. Bu, ayniqsa, savol-javoblardan iborat matnlarda, ertak, lapar va boshqa janrdagi matnlarda ko‘zga tashlanadi. Gap bo‘laklari tartibi. Shevalarda adabiy tildagi gap tartibi saqlanishi mumkin: Pāššā qir kun muxlät berdi (Toshkent), lekin shevalarga xos asosiy xususiyat gapda inversiyaning haddan tashqari ko‘p qo‘llanishidir: Bir kün biz kellik Hasan ǯajїγa. Soηra men otїrdїm čäj ičip (Samarqand). Gap bo‘laklarining inversiyasi quyidagi qoliplarda bo‘ladi: Kesim + ega: Rozїqulbajdї bäjläp aladї basmačїlar (Qashqa-daryo). kesim + to‘ldiruvchi: jänä bir ro‘mol uzišdi uzumdän (Qo‘qon); kesim + hol: šüjtüp, at ketivergan šuvullap, jorγalap (Qashqa-daryo); kesim + ravishdosh oram; čāl otungä čiqär äkän, beligä ektä qätirmä sālip ālip (O‘sh). So‘z birikmalari. Shevalarda so‘z birikmalarining barcha turlari qayd qilinadi. Bitishuv: …dästäxāndä jetmiš xil āvqat tajjār bopti (Toshkent). Boshqaruv: Män xässämmi āp čiqij (Toshkent). Päs-päs tamdїn qar javar (shim. o‘zb. shev.). Nan čїγardї (qipchoq). Moslashuv: Häsändiη atasї bajlardїη qoluda navča bop ötkän (qatag‘on shevasi). 26 Shevalardan yozib olingan matnlarda turkiy izofalar keng qo‘llangan: Mїjmannarγa adras körpä tašladї (qatag‘on). Semiz qo:j qїmbat oladї (Iqon). Saγčï kijik müjüz äkkä depti (shim. o‘zb. shev.). Forsiy va arabiy izofalar esa kam qo‘llanadi. Bunday iboralar tojik va o‘zbek xalqlari aralash yashagan joylardagi aholi nutqida uchrashi mumkin. Sheva matnlarida ko‘proq sodda gaplar qo‘llangan. Shunday bo‘lsada, sodda gaplarni har doim ham chegaralab olish qiyin. Matnlarda ko‘chirma gaplar faol qo‘llangan: Käl ajttї-qo: “Nimä beräsän?”…jetip ajttї-qo komїssarγa: “Bizlär nimä günäh qїldїq?” (qipchoq). Matnlarda qo‘llangan qo‘shma gaplar murakkab xarakterga ega emas: Bir kuni tor(t) kiši tuzā: qojup otirišgänäkän, tuzā:gä bir kāttä läjlä:(k) ilinipti (Toshkent). Qāzi bājji kutup otirävursin, endigi gäppi bājdän ešitiη (Toshkent). Undalmalar ham faol qo‘llanadi: Balam, saηa mäslä:t käräkmi, ja bomasa, mal-dujnamї? (shim. o‘zb. shev.). Gaplarda kirish so‘zlar ham ko‘p qayd qilinadi: qäni, qajdam, ävvälämbār, šu Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling