2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и va ы unlilarining birlashishi 
(konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-
tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda и unlisining nisbatan qisqa 
talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: келдъ, йеттъ, бър. Shahar shevalarida 
barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: къргън, қлдъ;  
ь(ь) – ы unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-
tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi: 
бардь, тьғьн, бьқьн; 
у(у) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek 
shevalariga xos: бу, ул, ун
ү(ү)old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli 
shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar 
shevalarida qo‘llanadi: күл, бүгүн, түн
o(o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek 
shevalarida talaffuzda bor: oт (adabiy orf. o‘t), қoл (adabiy orf. qo‘l), oқ (adabiy 
orf. o‘q), тoқ (adabiy orf. to‘q); 
ө(ө) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: бөл (bo‘lmoq – 
ajratmoq), көл, ҳөнǝр (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro
Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi; 
є(є) – unlisi ä va unlilari o‘rtasida talaffuz qilinadi, old qator, o‘rta-keng, 
lablanmagan: кє(л) (Iqon), гєл (Xorazm). Bu ma’lumot ko‘rsatilgan shevalarda o‘z 
kuchini yo‘qotmoqda, faqat Namangan shahar shevasida saqlanib qolmoqda: nєmє 
(nima), qєnєqє (qanaqa), Hєlmǝxn єttǝmǝn kemєdъ (Halimaxon erta bilan kelmadi). 
Undosh tovushlarda qo‘llaniladigan transkripsion belgilar. Undosh 
tovushlarni ifodalashda fanda kirill yozuvidagi undoshlarni ifodalovchi harflardan 
foydalanilgan. Ular, deyarli, o‘zgarishsiz transkripsiya uchun qabul qilingan. 



Shunga qaramasdan, ayrim undoshlarni farqlash va o‘ziga xosligini belgilashda 
transkripsion belgilardan foydalanilgan. Ular quyidagilarda ko‘rinadi:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling