2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

 Undoshlar tizimi (konsonantizm). O‘zbek shevalaridagi sof turkiy so‘zlarda  
b, d, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z γ, š, č, ǯη undoshlari amalda bor. Ularning 
lingvistik tavsiflari adabiy til bilan aynidir. Shevalarimizda bu undosh fonemalar 
ikki pog‘onali qo‘llanadi, ya’ni palatal va vel(y)ar. Bunda old qator unlilar 
qurshovida undoshlar palatal (yumshoq), orqa qator unlilar qurshovida vel(y)ar 
(qattiq) tus oladi. 
Aslida bu qonuniyat adabiy tilga ham xos. Bu qoida k, g, q, γ, x undoshlariga 
tatbiq etilmaydi, chunki bu undoshlarda dominantlik kuchli bo‘ladi va k, g 
undoshlari old qator unlilarning, q, γ, x undoshlari orqa qator unlilarning so‘zda 
qatnashishini talab qiladi. Misollar: kumush ~ gü:müš (Xorazm) so‘zida undoshi 
qatnashgani uchun barcha unlilar old qator, qayrog‘och ~ qaraγaš (shim.o‘zb. shev.) 
so‘zida q, γ undoshlari qatnashganligi uchun orqa qator unli takroran kelgan. Boshqa 
undoshlar esa unlining xarakteriga moslashadi: beš so‘zidagi b, š undoshlari palatal, 
baš so‘zidagi shu undoshlar vel(y)ardir, chunki birinchisi old qator unli, ikkinchisi 
esa orqa qator unli atrofiga joylashgan (8-rasm).
Lab-lab f undoshi undov va taqlidiy so‘zlarda iste’molda bor: uf, tuf
o‘zlashgan so‘zlarda esa bu undosh p, ba’zan undoshiga moyil talaffuz qilinadi, 
biroq Forish shevasida f undoshi mustaqil so‘zlarda ham uchraydi: pichoq ~ fї:čaq
pul ful, paxta ~ faxta, patir ~ fätir. 
H undoshi aksariyat shevalarda x undoshining fiziologik tabiatiga moslashadi, 
lekin shimoliy o‘zbek, qipchoq shevalarida bu undosh talaffuzda bor. Shuningdek, 
arabcha va forscha so‘zlardagi shu tillarga xos bo‘lgan ح (hoyi hutti), (hoyi 
havvaz), ف (fe) harflarini ifodalaydigan undoshlar o‘zbek tili shevalarining artiku-
latsion-akustik xususiyatlariga moslashgan.



O‘g‘uz, xususan, Xorazm shevalarida adabiy tildagi q undoshi o‘ziga xos 
artikulatsiyaga ega. Bu undosh mazkur shevalarda adabiy tildagi k va q undoshlari 
oralig‘ida talaffuz qilinadi, uni akut diakritik belgisi bilan 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling