2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


-gi affiksi shaxsni bildiruvchi so‘zlarga qo‘shiladi: ājimgilä


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

 -gi affiksi shaxsni bildiruvchi so‘zlarga qo‘shiladi: ājimgilä (unda oyisi va 
boshqa shaxslar birgalikda tushuniladi), ädämgilä (bunda ham adasi va boshqa 
shaxslar birgalikda tushuniladi). Jamlik affiksining bu varianti Tojikiston 
Respublikasi To‘pqoq shevasida ham ājimgilä, äkäηgilä, sijniηgilä tarzida 
qo‘llanishda bor. 
Til tarixida ko‘plikning -t, -z, -q // k affikslari bilan ifodalangan shakllari 
mavjud bo‘lgan. Ularning qoldiqlari, ya’ni -q affiksining -aq varianti 
Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sherobod tumanlarida yashovchi 
qo‘ng‘irotlar shevalarining ayrim so‘zlarida saqlanib qolmoqda. Ular, asosan, 
olmosh va fe’l shakllarida uchraydi: Sizlar borip keldingizlarmi ~ sizaq barїp 
kediηizaqmї? O‘zingizlar ~ 
 
 
v
öziηizaq. Bu affiks faqat orqa qator variantli bo‘lib, 
ko‘plik ma’nosini eslatib tursada, ushbu o‘rinlarda mavjud ko‘plikni ta’kidlashga 
xizmat qilgan. 
Shuningdek, Tojikistondagi o‘zbek shevalarida asos va ko‘plik affiksidagi -l // 
t metatezasi qayd qilingan: burgutlar ~ bürgültä, tutlar ~ tulta, otlar ~ olta va b. 
Bunday holat boshqa shevalarda uchramaydi. 
Egalik kategoriyasi. Bu kategoriyadagi shakllarning semantikasi adabiy til 
bilan aynan, lekin shevalarda egalik qo‘shimchalari ko‘p variantli bo‘ladi va shu 
bilan ular adabiy tildan farqli xususiyatlarga ega. 
I shaxs birligida  -m // im // їm // um // üm affiksi qatnashadi: bolam ~ balam
inim ~ inimalim (qo‘lim) ~ älimjonim ~  ǯanїm, qo‘lim ~ qolumko‘nglim ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling