2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja
köηlüm. I shaxs ko‘pligida -miz // mїz(s) // imiz/їmїz(s)
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza(sirtqi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- bolγäjiz (Toshkent vil.). 16 III shaxs birlik va ko‘pligida - i // ї
- Bosh kelishik.
- -niη // nїη
köηlüm.
I shaxs ko‘pligida -miz // mїz(s) // imiz/їmїz(s), - umuz(s) // ümüz, -vuz // vuzä affiksi qatnashadi: balamiz ~ balamїz/s, inimiz ~ inimiz, jonimiz ~ ǯanїmїz/s, qolimiz ~ qolumuz/s, ko‘nglimiz ~ köηlümüz, ishimiz ~ išivuz(ä). II shaxs birligida -η // iη // їη // uη // üη affikslari keladi: bolang ~ balaη, ining ~ iniη, aling (qo‘ling) ~ äliη, joning ~ ǯanїη, qo‘ling ~ qoluη, ko‘ngling ~ köηlüη. II shaxs ko‘pligida –ηiz // ηїz(s), -iηiz // їηїz(s), -üηüz // uηuz(s), -i:z, -jiz, - i:jlä, -(i)ηlä // (ї)ηla affikslari ishtirok etadi: balangiz ~ balaηїz/s, iningiz ~ iniηiz, joningiz ~ ǯanїηїz/s, qoʻlingiz ~ qoluηuz/s, ko‘nglingiz ~ köηnüηüz, ishinglar ~ i:šiηlä, qo‘linglar ~ qolїηla (Xorazm), uyinglar ~ ojijlä, bolg‘angiz ~ bolγäjiz (Toshkent vil.). 16 III shaxs birlik va ko‘pligida -i // ї, -si // sї, ba’zan –su // sü (Qorabuloq) affiksilari qatnashadi: bolasi ~ balasї, inisi ~inisi, qo‘li ~ äli, jon ~ ǯanї, tulkisi ~ tülküsü, qo‘yi ~ qoju. Egalik affikslari singarmonizmning palatal va labial turlari qonuniyatlariga to‘la boʻysunadi, lekin shevalarda muayyan qonuniyat bilan bog‘lash mumkin bo‘lmagan xususiyatlar ham uchraydi va uni nutq qulayligi, iqtisodi hamda til tarixi bilan bog‘lash mumkin bo‘ladi, masalan, Toshkent shevasida I shaxs ko‘pligida - vuz // vuzä affiksi qatnashadi: kitobimiz ~ kitāpuvuz, II shaxs ko‘pligida esa -i:z // ijiz // jlä affiksi qatnashadi: kitobingiz ~ kitāpi:z, kitoblaring ~ kitāpijlä. Kelishik kategoriyasi. Ma’lumki, turkiy tilning dastlabki taraqqiyot davrida 7 ta kelishik shakli bo‘lgan, hozirgi o‘zbek adabiy tili 6 ta kelishik shakliga asoslanadi. O‘zbek shevalarida esa ba’zan bu raqam to‘rttagacha kamayishi mumkin. Faqat qipchoq hamda shimoliy o‘zbek shevalaridagina 6 ta kelishik shakli to‘liq saqlanadi. O‘g‘uz lahjasining aksariyat shevalarida, Toshkent, Farg‘ona shevalarida 5 ta kelishik qo‘llanadi, ya’ni qaratqich va tushum kelishiklari bir ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. Qarshi, Buxoro, Surxondaryoning “j” lovchi shevalarida 4 ta kelishik qayd qilinadi, ya’ni qaratqich va tushum kelishiklari bir xil ko‘rsatkich bilan, jo‘nalish va o‘rin-payt kelishigi ham bir xil ko‘rsatkich bilan ifoda qilinadi. Bosh kelishik. Ko‘rsatkichi yo‘q. Qaratqich kelishigi. Bu kelishik qarluq lahjasining aksariyat shevalarida, o‘g‘uz lahjasining ayrim shevalarida funksional emas, ya’ni to‘rt va besh kelishikli shevalarda bu kelishik affikslari qo‘llanmaydi. Bu kelishik amalda bo‘lgan shevalarda quyidagi affikslar qatnashadi: -niη // nїη affiksi ko‘proq unli va sonor undoshlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: ena ~ enäniη, otaning ~ atanїη (qipchoq), otangning ~ ataŋnïŋ, bedananing ~ bödänäniŋ (Mang‘it). Jo‘sh, Sherobod shevalarida z undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilgan-da affiks tarkibidagi n undoshi progressiv assimilatsiyaga uchraydi: bizning ~ bizziη, sizning ~ sizziη. -iη // їη affiksi undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: ko‘pning toyi ~ köpiη tojї, otning boshi ~ atїη bašї (qipchoq, shim. o‘zb. shev.); -nüη / /nuη affiksi lablangan unli qatnashgan va unli yoki sonor undoshlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: uning ~ onuη, uyning ~ üjnüη (qipchoq); - üη // uη affiksi lablangan unli qatnashgan va undoshlar bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: ko‘zning qorachig‘i ~ közüη qaračїγї, tunning qorong‘usi ~ Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling