2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

Yangi o‘zbek transkripsiyasi. Bunda ko‘p yillardan beri turkologiyada 
qo‘llanib kelinayotgan transkripsiya tizimiga asoslanildi. Bundan buyon 
dialektologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga lotin alifbosi asosidagi quyidagi 
transkripsiya tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi. 
Unli tovushlarni ifodalashda ishlatiladigan transkripsion belgilar. Unli 
tovushlar barcha tillarda ham ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘zbek shevalarida, ayniqsa, 
fiziologik 
jihatdan 
rang-barangdir. 
Unlilarni 
ifoda 
qilishda 
o‘zbek 
dialektologiyasida quyidagi belgilar-dan foydalaniladi: 
a(a)umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi. 
Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq 
shevalarida: ana, ata, bala
 ä (ä) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan 
unlini ifoda qiladi: äkä, änä, jäšä. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi; 
ā (ā)– orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va 
shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: āl, āš, bāl
 e (e) old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek 
shevalarida mavjud: el, bel, jel, kel;
 i (i) – indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining birlashishi 
(konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-
tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda i: unlisining nisbatan qisqa 
talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: keldi, jetti, bir
Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: kirgin, bārdi;  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling