2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

O‘rin-payt kelishigida -dä // da // tä // ta affiksi qatnashadi. –dä // tä affiksi 
barcha shevalarda, -da // ta affiksi esa singarmonizm-li shevalarda keladi: ishda ištä, 
qo‘lida ~ qoluda, ichida ~ i:čindä, shu orada ~ šu ortalїqta (qipchoq). 
Chiqish kelishigida 4 toifa affikslar ishtirok etadi:
-dän // dan // tän // tan affiksining qo‘shilish imkoniyatlari keng: -dän // tän 
affiksi barcha shevalarda qo‘llana oladi: Buxo-rodan ~ Buxārādän, sendan
sändän. Boshqalari esa singarmo-nizmli shevalarga xosdir: yaprog‘idan
jarpaqїdanmaxluqdan ~ maxluqtan (qipchoq);
nän // nan affiksi Xorazm, ba’zi qipchoq shevalarida m, n, η undoshlari bilan 
tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: o‘zingdan ~ öziηnän, bo‘yingdan ~ bojuηnan, 
o‘zimdan ~ özimnän, o‘yindan ~ ojïnnan; 
-din // dїn // tin // tїn affiksi shimoliy o‘zbek shevalarida bu kelishikning asosiy 
affiksidir: sutchidan ~ süjtčidin, oshxonadan ~ ašxanadїn, topa olmasdan ~ 
tapamastїn, Chimkentdan ~ Čimgättin; 
-dun // dün // tun // tün affiksi ko‘proq Qorabuloq, Mankent shevalarida va bir 
qator singarmonizmli shevalarda uchraydi va oxirgi bo‘g‘inida lablangan unli 
bo‘lgan so‘zlarga qo‘shiladi: uydan ~ üjdün, qo‘ydan ~ qojdun.
O‘g‘uz va qipchoq lahjasi shevalarida egalik va kelishik affikslari o‘rtasida 
interkalyar n tovushining kelishi ham kuzatiladi: qo‘llarida ~ qollarїnda, so‘zidan ~ 
sözinnän, o‘zida ~ özindä.
O‘zbek shevalarining morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida to‘la 
ma’lumot berishning darslikda imkoniyati chegaralangan, lekin ularning eng 
umumlashadigan, tadqiqot obyektini o‘rganishga asos bo‘ladigan o‘rinlarigagina 
to‘xtalish mumkin.
O‘zbek adabiy tilidagi so‘z turkumlari, gap bo‘laklari shevalarda alohida 
xususiyatga ega emas, balki uning ichki shakl va kategoriyalari, yozib olingan 
matnlar asosida sintaksisining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.


19 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling