Ot. Shevalarda modal shakllar. Ot, sifat, fe’l turkumlarining ichki
kategoriyalarida shevalarning xususiyatlarini ko‘rsatadigan so‘z shakllari bor.
Quyida ot turkumidagi shunday shakllar bilan tanishamiz:
-ǯān affiksi Farg‘ona vodiysi shevalarida erkaklar (Ālimǯān) ismiga qo‘shilib,
hurmat ma’nosini ifodalasa, Xorazm shevalarida -ǯan shaklida qizlar (ayollar)
ismlariga (Sänämǯan) qo‘shiladi. Singarmonizmli shevalarda bu affiks so‘zga faqat
til orqa unlili variantdagina qo‘shiladi. Toshkent va boshqa ba’zi shevalarda
kelinlarning qaynota va qaynonalarga murojaatida bu affiks ājiǯān, ädäǯān
so‘zlarida uchraydi;
-xān affiksi ko‘proq shahar va shu tipdagi shevalarda qizlar, ayollar ismiga
qo‘shiladi. Qipchoq va shimoliy o‘zbek shevalarida bu affiks modal ma’noda emas,
balki kishi ismining tarkibiy qismi bo‘lib keladi (Ataxan. Ǯoraxan). Toshkent,
Farg‘ona vodiysida erkaklar ismlariga qo‘shilganda, hurmat, nasl-nasabga
aloqadorlik mazmunini ifoda qiladi;
-baj affiksidan Xorazmda erkaklarga hurmat (Polatbaj, Rüstämbaj) ifodalash
uchun foydalaniladi va u singarmonizmga bo‘ysunmaydi.
Shimoliy o‘zbek shevalarida va ayrim qipchoq, o‘g‘uz shevalarida yoshi
kattalarni hurmat qilishda ularning nomini qisqartirib chaqirish keng tarqalgan:
Qurbon aka ~ Quräkä, Sobir aka ~ Säkä, Toshpo‘lat aka ~ Täšäkä kabi. Bunda
qozoq va qoraqalpoq tillarining ta’siri bor. Yoshi kichiklarni erkalash yoki izzat
qilishda so‘zlarni qisqartirgan holda, uning oxiriga š, m, n kabi undoshlarni qo‘shib
talaffuz qilish an’anasi bor: Otajon ~ Ataš, Dadaxon ~ Dadan, Eshmuhammad ~
Ešim kabi.
Shevalarda -č // š affiksi ayollarni, qizlarni erkalash uchun qo‘llanadi: bikajon
~ bikäč, onajon ~ anač (Xorazm), Onajon (ism) ~ Anaš (shim. o‘zb. sh.).
Erkalash-kichraytirish ifodalovchi -čä affiksi aksariyat shevalarda, xususan,
shimoliy o‘zbek shevalarida qo‘llanmaydi, balki bu affiks shevalarda adabiy tilning
ta’sirida paydo bo‘lmoqda.
Sifat. Sifatlardagi adabiy tilga xos aksariyat so‘zlar, affikslar shevalarda ham
ba’zi fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanadi, jumladan, sariq ~ sariγ // sariq (qarluq),
Do'stlaringiz bilan baham: |