2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


sarї (qipchoq, o‘g‘uz), issiq ~ issiq // issiγ


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

sarї (qipchoq, o‘g‘uz), issiq ~ issiq // issiγ (qarluq), ï:ssї (o‘g‘uz), qora ~ qārä 
(qarluq), qara (qipchoq, o‘g‘uz), qattiq ~ qättu: (Toshkent) // qättiγ (Farg‘ona), qattї 
(qipchoq). 
Dunyoni sheva vakillari ham o‘z nuqtayi nazarlaridan ko‘radilar, bu shaxs
narsa va hodisalarning sifatini belgilashda yaqqolroq ko‘rinadi: boʻzrang ~ bözräη
tol bargi rang ~ tālbärgiräη, pistoqi ~ pistāqi, oq sariq ~ āqsäriγ (Namangan), keng 


20 
jäjdir, yuqa ~ pär (yuqa devor ~ pär devāl), g‘ijim ~ γiǯim (Toshkent vil.), aralash 
rang ~ burul (Andijon) . 
Sifat darajalaridagi juda ~ ǯä:, ǯidä, eng ~ i:η (Qarshi), belgining kamligini 
ifodalovchi -roq affiksi -rā:, -rāq // rāγ, -raq // raγ, -räk// räg variantlariga ega. 
Farg‘ona tip shevalarda bu affiksning -rāx // räh variantlari ham mavjud: oqroq ~ 
āxrāx, uzunroq ~ uzunrāx, tuzukroq ~ tüzühräh, eskiroq ~ eskiräh.
Shu bilan birga, shevalarning o‘z affikslari ham bor. Qoraqalpoq o‘zbek 
shevalari, qipchoq lahjasining aksariyat shevalari va shimoliy o‘zbek shevalarida 
sifatlardagi belgining kamligi -läü(v) // lau(v) affiksi bilan ifoda qilinadi: oqroq ~ 
aqlau(v), ko‘kroq kökläü(v)xomroq ~ xamlau(v) (shim.o‘zb. shev.).
Belgining ortiqligini ifodalashda Xorazm shevalarida zїl so‘zidan 
foydalaniladi: qop-qora ~ zїl qara, sap-sariq ~ zїl sarї
Belgining ortiqligini ifodalashda shevalarda eng ~ iη, ǯä, ǯidä so‘zlarining 
situativ sinonimlardan ham foydalaniladi. Bular quyidagilar: rāsa, nenāzin, tāzä va 
boshqalar: Ilgari juda chiroyli qiz edi ~ ilgäri nenāzin xušroj qizidi (Namangan). 
Taxti Sulaymon juda balandda ekan ~ Taxti Sulajmān tāzä // rāsä bälättäkän (O‘sh). 
Shevalarda o‘ta chiroyli ~ čip-čiräli, chippa-chin ~ čip-čin, tippa-tik ~ tip-tik
soppa-sog‘ ~ sap-sav (shim. o‘zb. shev.) kabi shakllangan belgining kuchaytirilgan 
shakllari mavjud.
Belgining kamligini ifodalashda ham ayrim shakllar ishtirok etadi: andak ~ 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling