2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Yordamchi so‘zlar, undov va taqlidiy so‘zlar


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

Yordamchi so‘zlar, undov va taqlidiy so‘zlar. Ko‘makchilar. Bunday 
so‘zlarning aksariyati adabiy til bilan o‘xshashlikka ega, lekin adabiy tildan ayrim 
fonetik o‘zgarishlar bilan farqlanadi. Shu bilan birga, shevalarning o‘z 
ko‘makchilari ham bor. Shevalarda dāvur (O‘sh), doη (Xorazm, ad. tilda qadar), 
baqa (Farg‘ona, ad. tilda beri) kabi ko‘makchilar va ko‘makchiga ko‘chgan ötüp 
(Surxondaryo, shundan keyin ~ šonnan ötüp kabi so‘zlar bor. 
Bog‘lovchilar. Shevalarda va bog‘lovchisi amalda emas. Andijon shevasida 
uning -u varianti nutqda bor: siz va men ~ siz-ü mem. Shimoliy o‘zbek shevalarida 
va bog‘lovchisi o‘rnida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tiliga xos daγї bog‘lovchisi 
qo‘llanadi: boraman va qaytaman ~ baraman daγї qajtaman, shuningdek, nutqda 
fikrni ulab ketish uchun undїki(bu so‘z aslida undan keyin shaklidan soddalashgan) 
funksional bog‘lovchisi ham ishlatiladi: hozir boraman va ishlarimni bajaraman ~ 
hazї(r) baraman undїki: ishlärimni qїlaman. 
Shevalarda bilan so‘zi turli fonetik variantlarda ham bog‘lovchi, ham 
ko‘makchi funksiyalarida keladi: Rais Qirg‘izali bilan meni chaqirdi ~ Räjis 
Qirγizäli minäm mäni čäqirdi (Toshkent vil.), Toshkent viloyati shevalarida ämmā-
lekinämmā-lekin-birāq qo‘shilmalari nutqda ko‘p ishlatiladi. 
Yuklamalar. Aksariyat shevalarda -mi so‘roq yuklamasi -mä // ma variantida 
keng qo‘llanadi. So‘roq yuklamasining -mä // ma shaklida qo‘llanishi aksariyat 
singarmonizmli shevalarga xos: bo‘ladimi ~ bolama, yuradimi ~ jürämä. Bu 


23 
yuklamadagi m undoshi assimilatsiyaga ham uchraydi: Qo‘shningning o‘g‘li kelib 
qolibdimi ~ hämsijäηdiη u:lї kep qappa? (Surxondaryo). 
Shevalarda ham so‘zi (h undoshi eliziyaga uchragan holda) bog‘lovchi 
vazifasiga nisbatan yuklama vazfasida ko‘proq keladi. Shuningdek, shevalarda
faqat ~ tek, (shim. o‘zb. shev.), axir ~ hav (birpas damimni olayin, axir ~ bir 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling