2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

 i: (i:) - old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq 
talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: i:š, ti:l (Buxoro). bi:l 
(Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi; 



ï: (ї:) - orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq 
talaffuz qilinadi: qї:z, qї:jїq. Bu unli singarmonizmli o‘zbek shevalarida talaffuzda 
bor. Bu harfdan soʻng shu unlining cho‘ziqligini ta’kidlsh uchun ko‘pincha ikki 
nuqta qo‘yiladi;
ї  (ї) – ї: unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-
tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmo-nizmli shevalarda qo‘llanadi: 
bardї, tїγїn, bїqїn
i va ї unlilari singarmonizmli shevalarda qisqa tovushni ifodalaydi (bil, qїl), 
shahar shevalarida unlisi indifferent tovushni ifodalaydi; 
u (u) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek 
shevalariga xos: bu, ul, un;
ü (ü) old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli 
shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar 
shevalarida qo‘llanadi: kül, bügün, tün, ün
o (o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek 
shevalarida talaffuzda bor: ot (adabiy orf. o‘t), qol (adabiy orf. qo‘l), oq (adabiy orf. 
o‘q), toq (adabiy orf. to‘q); 
ö (ö) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: böl (bo‘lmoq - 
ajratmoq), köl, hönär (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro, Navoiy, 
Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi; 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling