2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

desäj(η)iz, bir, ikki. Misollar: …räsimgä tušušim kere:, bir, Tursunājlä:nikigä 
bārišim kere:, ikki. (Toshkent vil.) …äni šüjtip, Häsän Qajqї ettädän kečkäčäj 
mijnät qїp… (qatag‘on). Kirish so‘zlar undalmalar bilan yonma-yon qo‘llangan
täxsir, äxir, bizzi bir pirivuz bogän (Toshkent). 
Ayrim shevalarda -ki yuklamasining gapdagi urg‘u beriladigan sintaktik 
shaklda qo‘llanish hollari qayd qilinadi. Bu Qorabuloq shevasida yorqin ko‘rinadi: 
Bi:(j) ta:γїηki o:rtasїda ha:lїγї ta:m turuptї. Bi:(j) ö:jüηki i:čidä suluv qї:z ba: 
äkä(n). 
Shevalar og‘zaki nutqni aks ettirgani uchun ularda gap bo‘laklarining takrori 
keng qo‘llanadi: 
- ega bo‘lagi tavtologiyasi: ǯürüη, men sizdi üjümä apparaman özüm 
(qipchoq); 
- ko‘chirma gap pozitsiyasidagi so‘zlar takrorlanadi:  Mixmānxānä tolä ādäm, 
e: ičkin, e: ičkin, didilä (Toshkent); 
- ixcham tarzdagi qo‘shma gap tarkibiy qismi takrorlanadi: Ketvuripti, 
ketvuripti, bir vāx säru: därvāzäni āldidän čiqipti (Toshkent);
- gap bo‘laklari takrorlanadi va unda harakat jarayonining davomiyligi yuz 
beradi: Äbrār uxläp-uxläp turdi (Toshkent). Alїshїp-alїshїp, bir qojїp aldї ekövi 
(qipchoq). 


27 
Shevalar muloqot aktida nutq iqtisodi (tejash) yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. 
Ma’lumki, xoh adabiy tilda bo‘lsin, xoh shevada bo‘lsin, dialogik nutqda 
tejamkorlikka ko‘p duch kelamiz, ya’ni nutq vaziyatida gaplar to‘liq shakllanmaydi, 
lekin uning mazmuni shu vaziyatda anglashilib turadi: 
-  ketüssän? 
- Bāzārgä. 
- Nimege? 
- Sä:zi, pijāzgä (Nam,).
Bu suhbatdagi har bir gapni to‘liq gap holatiga keltirish mumkin, lekin shu 
o‘rindagi nutq vaziyati uni talab qilmaydi.
Sheva nutq jarayonida tejamkorlik qo‘shma gaplarda ko‘proq ko‘rinadi: 
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda dastlabki gapning faqat kesimi qo‘llanishi 
mumkin: Bomädi, ādämmi dix qilātkän išäkän (Yuqori Qashqadaryo). Qojiη, bāllä 
ābārišädi (Chinoz); 
ergash gapli qo‘shma gapda bosh gapning kesimigina qo‘llanishi mumkin: Bu 
järäjä čälγotti kujdirip bāsmäsä, jäxši bolmäš (Yuqori Qashqadaryo). Ānäsi 
iššämmij bārip āssä, o:li (Andijon). 
Nutq vaziyati tufayli qo‘shma gaplarning bir tarkibiy qismining implisit 
bo‘lishi (qo‘llanmasligi) mumkin: šu tāptä qäzili āš bolsä. (maza qilib yer edik) 
(Toshkent). Zārä, endi jāγmur jāγsä (ekinlarga jon kirar edi)(Yuqori Qashqadaryo). 
Qavs ichidagi gaplar mazmuni kursivda berilgan gaplar mazmuniga singdirilgan. 
Gapning eng kichik qurilish qolipida shakllangan qo‘shma gaplar ko‘p 
ishlatiladi: Barsaη, bardїη. Alsaη, aldїη. Körsäη, kördiη, körmäsäη, öziηä 
(shim.o‘zb. shev.)  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling