ъ(ъ) – indifferent, shahar shevalarida tarixan и va ы unlilarining birlashishi
(konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-
tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda и unlisining nisbatan qisqa
talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: келдъ, йеттъ, бър. Shahar shevalarida
barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: къргън, қↄлдъ;
ь(ь) – ы unlisining qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasi, orqa qator, yuqori-
tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, faqat singarmonizmli shevalarda qo‘llanadi:
бардь, тьғьн, бьқьн;
у(у) – orqa qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek
shevalariga xos: бу, ул, ун;
ү(ү) – old qator, yuqori-tor, lablangan unlini ifoda qiladi, singarmonizmli
shevalarda va singarmonizmni yo‘qotgan Buxoro, Navoiy, Samarqand shahar
shevalarida qo‘llanadi: күл, бүгүн, түн;
o(o) – orqa qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi. Barcha o‘zbek
shevalarida talaffuzda bor: oт (adabiy orf. o‘t), қoл (adabiy orf. qo‘l), oқ (adabiy
orf. o‘q), тoқ (adabiy orf. to‘q);
ө(ө) – old qator, o‘rta-keng, lablangan unlini ifoda qiladi: бөл (bo‘lmoq –
ajratmoq), көл, ҳөнǝр (hunar). Singarmonizmli o‘zbek shevalari va Buxoro,
Navoiy, Samarqand shahar shevalarida qo‘llanadi;
є(є) – unlisi ä va e unlilari o‘rtasida talaffuz qilinadi, old qator, o‘rta-keng,
lablanmagan: кє(л) (Iqon), гєл (Xorazm). Bu ma’lumot ko‘rsatilgan shevalarda o‘z
kuchini yo‘qotmoqda, faqat Namangan shahar shevasida saqlanib qolmoqda: nєmє
(nima), qєnєqє (qanaqa), Hєlmǝxↄn єttǝmǝn kemєdъ (Halimaxon erta bilan kelmadi).
Undosh tovushlarda qo‘llaniladigan transkripsion belgilar. Undosh
tovushlarni ifodalashda fanda kirill yozuvidagi undoshlarni ifodalovchi harflardan
foydalanilgan. Ular, deyarli, o‘zgarishsiz transkripsiya uchun qabul qilingan.
5
Shunga qaramasdan, ayrim undoshlarni farqlash va o‘ziga xosligini belgilashda
transkripsion belgilardan foydalanilgan. Ular quyidagilarda ko‘rinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |