дж – qorishiq portlovchi tovushni ifodalaydi;
ң - sonor, burun tovushini bildiradi, adabiy orfografiyasi -ng/ng;
v - lab-tish tovushini ifoda qiladi;
w - lab-lab tovushini ifodalaydi, cyw, qywmaq kabi so‘zlarda uchraydi;
f - lab-lab tovushini ifoda qiladi, aksariyat o‘rinlarda turkiy taqlidiy so‘zlarda
qo‘llanadi.
Undoshlar transkripsiyasidagi bu belgilar juda ham qat’iy emas, matnlarda w
ornida v harfini, f ornida ф harfini ishlatish an’anasi bor.
Yangi va an’anadagi o‘zbek transkripsiyasida unlilar mosligi bunday
namoyon bo‘ladi: a ~ a, ä ~ ə, ā ~ ↄ, e ~ e, i ~ ъ, ї ~ ь , i: ~ и, ї: ~ ы, u ~
у, ü ~ ү, o ~ o, ö ~ ө, є ~ є.
Yangi transkripsiyada undoshlar quyidagi harflar bilan ifodalanadi: b, d, f, g,
h, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z. Shuningdek, turkologiya transkripsiyasidagi γ
(amaldagi g‘ o‘rnida), š (amaldagi sh o‘rnida), č (amaldagi ch o‘rnida), j (amaldagi
y o‘rnida), η (amaldagi ng o‘rnida), ǯ (amaldagi j o‘rnida) harflari olindi.
Diakritik belgilar:
: (ikki nuqta) – tovushning cho‘ziqligini bildiradi;
׳ (akut) – belgining o‘ng tomoniga qo‘yilsa, tovushning palatalizatsiyani, chap
tomoniga qo‘yilsa, velarizatsiyani bildiradi;
> va < – bir tovushning ikkinchisiga o‘tishini ko‘rsatadi;
II (parallel chiziq) - ikki tovush yoki so‘zning parallel qo‘llanishiga ishora
qiladi;
( ) – qavs ichidagi harf ifodalagan tovushning ba’zan nutqda talaffuz
qilinmasligini bildiradi;
[ ] - katta qavs matndagi bo‘g‘in, so‘z, transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib
ko‘rsatishga xizmat qiladi yoki respondentdan yozib olingan matndagi
noaniqliklarning dialektolog tomonidan tiklanganligini bildiradi, masalan: [Tülki]
… nimägä romālni āldiηiz ... Bu o‘rinda fikr egasini bidirgan so‘z katta qavs ichiga
olib ko‘rsatilgan.
6
Shuni ta’kidlash lozimki, keyinchalik matn bayonida zarur o‘rinlarda so‘z va
grammatik ko‘rsatkichlarning adabiy tildagi va turkologiyadagi (ba’zan kirill yozuvi
asosidagi) transkripsiyasi keltirilib boriladi.
O‘zbek shevalarining murakkab tarkibga egaligi, avvalo, ularning fonetik
jihatdan rang-barangligi tufaylidir. O‘zbek shevalari unli va undoshlar miqdori va
sifati, fonetik qonunlar, fonetik jarayonlarning o‘ziga xosligi jihatidan o‘zaro
farqlanadi va, aksincha, ayrim jihatlariga ko‘ra, ular bir-biri bilan o‘xshashliklarga
ham ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |