2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza(sirtqi)
Unlilar tizimi (vokalizm). O‘zbek shevalaridagi unli tovushlarning miqdori va
sifati munozarali masalalardan biridir, chunki dialektologiyaga oid ishlarda unli fonemalar haqida fikr yuritilganda, ularning miqdori 18 tagacha yetadi, degan ma’lumotlar ham beriladi. Aslida shevalar fonetikasi o‘rganilar ekan, ulardagi fonemalar emas, balki konkret nutq tovushlari e’tiborga olinishi lozimligini qayd qilish o‘rinli bo‘ladi. Oʻzbek tili shevalarda jami 13ta unli qo‘llanadi. Singar-monizmni yo‘qotgan shevalarda 6, 7ta, singarmonizmli shevalarda esa 11ta unli qo‘llanadi. Toshkent dialektidagi shevalarda i, e, ä, ā, o, u; Samarqand shahar shevasida i, e, ä, a, o, u unlilari iste’molda bo‘lsa, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chust, Qarshi, Sariosiyo kabi shevalarda ā unlisi bilan birgalikda a unlisi ham uchraydi. Qirg‘izistonning O‘sh, O‘zgan, Jalolobod kabi shevalarida 8ta – i, e, u, ü, ö, a ā, ä; Olabuqa, Oqtam, Aravon shevalarida 7ta – i, e, u, ä, o, ā, a unli mavjud. Shimoliy o‘zbek shevalarida (Turkiston, Shimkent, Sayram) 11ta: a, e, ä, i:, i, ї:, ї, o, ö, u, ü unli mavjud. Qipchoq va o‘g‘uz lahjasidagi shevalarda ham 11ta unli tovush qayd qilinadi. Ularni jadvalga quyidagicha joylashtirish mumkin (7-rasm). Bu unlilar to‘g‘risida transkripsiyani tavsiflashda to‘liq ma’lumot berildi. ā unlisi to‘g‘risida. ā unlisining o‘zbek tilida va o‘zbek shevalarida paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muhim fikrlar bilan tanishtirish lozim bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, bu unli turkiy tillarga xos emas, lekin tatar va boshqird tillarida arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qayd qilinadi. O‘zbek tilining shahar tipidagi, ya’ni qarluq lahjasi shevalarida qo‘llanadi. Qipchoq lahjasi shevalarida esa u doimiy emas, balki muayyan vaziyatlarda, ya’ni tojik tili va adabiy tilning kundalik ta’sirida ko‘rinib qoladigan o‘rinlari bor, lekin bu unli qipchoq, o‘g‘uz lahjalari shevalariga xos emas. Qarluq lahjasining shimoliy o‘zbek shevalarida ham bu unli qo‘llanmaydi. Bu holat ā unlisining paydo bo‘lishi masalasiga to‘xtalish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Y. D. Polivanov uni forsiy (eroniy deb yuritadi) tilning ta’sirida paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Sh. Shoabdurahmonov ā unlisining paydo bo‘lishini o‘zbek tilida keyingi hodisa deb qaraydi hamda bu unli shahar shevalarida lab undoshlari (sāvzi, bārsāvuz) va chuqur til orqa q, g‘, x undoshlari (tärāq, qilγān) ta’sirida umumturkiy a unlisi o‘rnida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Turkologlardan 7 N. Z. Hojiyeva esa tojik shevalarining ta’siri bo‘lishi kerak deb taxmin qiladi. Shu bilan birga, ā unlisi to‘g‘risida o‘tgan asrning 20-yillarida G‘ozi Olim Yunus quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan edi: - ā unlisi forsiy emas, forsiy deyilishi yanglish fikrdir; - bu tovush eronlashgan turk-o‘zbek tillaridan ko‘ra fors tilining ta’siriga tushmagan shevalarimizda ko‘proq ishlatiladir; - hatto forsiy ta’siri ostida bo‘lishidan uzoq bo‘lg‘an Edil bo‘yi tatarlarida bu alif aksariyatla eshitiladir; - bu alif asl fors tilida yo‘qdir; - bu turk tili ta’sirida qolg‘an forsiy (tojik) lahjasidagina eshitiladir; - bu tovush chin turk tovushidir. Albatta, G‘ozi Olim Yunusning bu fikriga tanqidiy qarash lozim. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling