2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana24.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1227126
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
2-ma\'ruza(sirtqi)

ʹ
k kabi ifodalash mumkin: 
A:talїʹknїη ma:lїn baʹktїm bä:ärdä, 
O‘zi durmїjїn u:jatadї sä:ärdä. 
Biširän a:šlari gö:znüη ja:šїnnan, 
Čaʹkmaʹk ta:š na:nїn bärär nä:ärdä (Qo‘shiqdan). 
Bu misolimizdagi a:talїʹk, baʹktїm, čaʹkmaʹk so‘zlaridagi ʹk undoshi Xorazm 
va ba’zi o‘g‘uz tillariga ham xosdir. 
  Kontrast (juft) unlilarSingarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalarida unlilar 
old qator va orqa qator mavqelarga (pozitsiyalarga) ega bo‘ladi. Ular quyidagilar: i: 
↔ ї:, i ↔ ї, ö ↔ o, ü ↔ u, a, ā ↔ ä (9-rasm). Bundan faqat e unlisigina mustasno, 
uning jufti yo‘q. Shevalarda kontrast unlilar ba’zan so‘z ma’nosining farqlanishiga 
ham xizmat qiladi: i:s hidni, їs qurumni (Qoraqalpog‘iston o‘zb. shev., shim. o‘zb. 
shev.), bilüvi “bilish”ni, bїluvї “fikr-o‘yi, xayoli”ni anglatadi (Turkiston). 
O‘zbek shevalarida bir qator fonetik qonunlar amal qiladi. Ularning 
shevalarimizda mavjudligi o‘zbek tilining turkiy tillarga daxldorligini anglatib 
turadi. Jumladan, singarmonizm o‘zbek adabiy tilidan boshqa barcha turkiy 
tillarning asosiy fonetik qonunidir. Bu qonun o‘zbek tilining shahar va shahar 
tipidagi shevalaridan boshqa barcha shevalarida asosiy fonetik qonun sifatida 
amaldadir. Shuningdek, umlaut tovush mosligi kabi qonunlar ham o‘zbek 
shevalarining o‘ziga xosligini ta’minlagan. 
Singarmonizm. Singarmonizm lotincha unlilarning uyg‘unlashuvi demakdir. 
Taniqli tilshunos
I. A. Bogoroditskiy fikriga ko‘ra, singarmonizm unlilar uyg‘unligi, 
shuningdek, qisman undoshlarga ham taalluqlidir. Undoshlarga ham taalluqli 
deyilishida jaranglilik, jarangsizlik jihatidan asos va affiksning uyg‘unlashishi 
ko‘zda tutiladi: borgan ~ barγan (r+γ jarangli undoshlari uyg‘unlashgan), ketgan ~ 
ketkän (t+k jarangsiz undoshlar uyg‘unlashgan). Bunday fonetik jarayonni 
singarmonizm deb qarash an’anasi ham bor. Singarmonizm qonuni ikki sifat 
ko‘rinishiga ega: 
1.  Lingval yoki palatal (tanglay) singarmonizm. Singarmonizm-ning bu turida 
so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator unlilar qatnashgan bo‘lsa, keyingi 
bo‘g‘inlarida ham old qator unlilar ishtirok etadi, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida orqa 
qator unlilar ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham orqa qator unlilar qatnashadi.
Bu qonunga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida  a, u, o, ї:, ї unlilaridan biri 
qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham ana shu unlilar keladi, shuningdek, so‘zda 
chuqur til orqa q, γ, x undoshlari ishtirok qilishi ham mumkin, aksincha, so‘zning 



dastlabki bo‘g‘inida ä, e, i:, i, ö, ü unlilaridan biri qatnashsa, keyingi bo‘g‘inlarida 
ham xuddi shu unlilar keladi, bunday so‘zlarda k, g undoshlari ham qatnashishi 
mumkin. Bu qonun qarluq lahjasining shahar va shahar tipidagi shevalarida amal 
qilmaydi. 
2. Labial singarmonizm. Bu qonun aksariyat turkiy tillarda amal qiladi
ayniqsa, qirg‘iz tilining “temir qonuni” hisoblanadi, o‘zbek tili va uning shevalarida 
esa qisman amal qiladi. 
Bu qonunga ko‘ra, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida old qator lablangan unli 
ishtirok etsa, keyingi bo‘g‘inlarida ham old qator lablangan unli(lar) qatnashadi, 
aksincha, so‘zning dastlabki bo‘g‘inida lablangan orqa qator unli ishtirok etsa
keyingi bo‘g‘inlarida ham orqa qator lablangan unli(lar) qatnashadi. 
O‘zbek shevalarida lab garmoniyasi qonuni so‘zlarning dastlabki ikki 
bo‘g‘inida qayd qilinishi xarakterlidir, uchinchi va to‘rtinchi bo‘g‘inlarida siyrak 
uchraydi: suyunchi ~ süjünči, ko‘rin-di ~ köründi, bo‘libdi ~ boluptu, ko‘ribdi ~ 
körüptü (Namangan) va boshqalar. 
Singarmonizm qonuni ayni zamonda unlilarning progressiv assimilatsiyasi deb 
ham yuritiladi. Singarmonizmdan chekinish hollari: 
1. Shevalarda yuklamalar singarmonizmga bo‘ysunmaydi: qipchoq lahjasi 
shevalarida: bo‘ldi-ku ~ boldї-qu, keldi-ku ~keldi-qu, kelding-a  kädiη-ä, barding-
a
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling