2-Maruza: Viruslar. Bakteriyalar. Zambrug‘lar. Suv o‘tlari


(V) Bakteriofagning elektron mikroskopda ko‘rinishi(o‘ngda) Bakteriofaglar


Download 34.73 Kb.
bet2/3
Sana03.10.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1691352
1   2   3
Bog'liq
2 mavzu

(V) Bakteriofagning elektron mikroskopda ko‘rinishi(o‘ngda)
Bakteriofaglar - bakteriyalarning viruslari bo‘lib, ularni birinchi bo‘lib 1914 yilda D. Errel va Tuortlar aniqlaganlar. Hujayraviy tuzilishga ega emas, ularning oddiylari oqsil va nuklein kislotadan (DNK yoki RNK) tuzilgan, murakkablarida esa bulardan tashqari bir necha oqsil, polisaxaridlar, ba’zilarida esa fermentlar ham bo‘lishi mumkin. Tuzilishlari spiral simmetriya asosida tuzilgan ipsimon (fd- bakteriofagi) va murakkab tuzilishga ega bo‘lganlari (boshcha va dumcha kabi qismlardan) nuklein kislota birnecha xil oqsil va boshqa biopolimerlardan tashqil topgan. Bularga misol qilib T juft (T-chyotnыy) bakteriofaglarini (T- 1, T - 2) ko‘rsatish mumkin. Elektron mikroskopda ko‘rilganda dumi va boshchasi aniq ko‘rinadi (11 V - rasm). Bakteriofag o‘zining dum qismidagi retseptorlari orqali bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalanadi va fermentlari bakteriyaning hujayra po‘stini eritadi, so‘ngra nuklein kislotasi “shprits ” mexanizmi vositasida yoki boshqa usullar yordamida bakteriya hujayrasiga oqib o‘tadi. Bakteriofagning nuklein kislotasi bakteriya hujayrasida ko‘plab oqsil sintezlanishiga ta’sir etadi va nuklein kislotalar oqsilli qobiq bilan o‘ralib, bakteriofaglarni etilgan zarrachalari hosil bo‘ladi. Zarrachalarning soni ko‘payib birnecha millionlarga etganidan so‘ng ular hujayradan tashqariga chiqadi va boshqa yangi hujayralarni ichiga kirib ko‘payishi mazkur yo‘sinda davom etadi. Bakteriofag zarrachalari miqdorini bakteriya o‘sgan muxitda ko‘payishi bakteriofagni bakteriya hujayrasidan tashqariga chiqishiga olib keladi, bakteriya hujayrasi parchalanib (erib) ketadi. Uning po‘stini erib ketishi bakteriya kulturasining o‘z navbatida tiniqlashishiga olib keladi (ularning ko‘payish mexanizmi virusologiya darsliklarida maxsus yoritiladi).
Bakteriofaglar spermatozoid shaklida bo‘ladi. Bular boshchasining (kapsidaning) diametri 100 nm, dumi ham 100 nm keladi.
Hozirgi vaqtda eng yaxshi o‘rganilgani T-4 fagidir. Uning tarkibiga kiradigan 12 ta oqsil yaxshi o‘rganilgan (King, Laytili, 1973; King, Mikolavish, 1973).
Fag (lambda) ko‘pchilik faglarga o‘xshab, faqat bakteriya hujayrasini eritib yubormay, balki ma’lum sharoitda bakterial DNK ga ham o‘tib olishi mumkin.
Faglar shakliga ko‘ra turlicha: tayoqchasimon yoki ipsimon; faqat boshchali, dumsiz; boshchasida bir nechta bo‘rtmali; boshchali va juda qisqa dumchali; boshchali va harakatsiz uzun dumchali; boshchali va harakatchan uzun dumchali bo‘lishi mumkin.
Faglarning boshchasida nuklein kislota bo‘lib, u oqsilli qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Dum qismi murakkab strukturali, u tubandagicha tuzilgan. Ustki parda (g‘ilof) va ichki kanalchali o‘q burmali bazal plastinkalar va ipsimon strukturadan iborat.
Ustki parda (g‘ilof) spiral shaklida to‘plangan oqsil zarrachalaridan iborat. SHuning uchun mayda naychalar holida ko‘rinadi. Bakteriofaglarda DNK yoki RNK uchraydi. Nuklein kislota asosan boshchasida bo‘ladi, 3% ga yaqin oqsil ham bo‘ladi. Ba’zilarida 50% nuklein kislota va 50% oqsil bo‘ladi. Oz miqdorda uglevodorodlar va neytral yog‘lar ham bo‘ladi.
Ikkinchi xildagi faglarda (boshchalilar) RNK, uchinchi xillarining ba’zilarida RNK, ba’zilarida DNK uchrasa, qolganlarida faqat DNK uchraydi.

Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling