2-ma’ruza: yaxlit qobirg‘ali orayopmalar yaxlit qobirg‘ali konturi bo‘ylab tiralgan orayopmalar
Konturi bo‘ylab tiralgan plitalardagi zo‘riqishlarni aniqlash
Download 20.79 Kb.
|
2-ma’ruza yaxlit qobirg‘ali orayopmalar yaxlit qobirg‘ali kontu-fayllar.org
Konturi bo‘ylab tiralgan plitalardagi zo‘riqishlarni aniqlash. Teng tarqalgan yukdan g (masalan, grunt bosimi yoki gidrostatik bosim) moment qiymatini etarlicha aniqlikda quyidagi formulalardan aniqlash mumkin:
1. Konturi bo‘ylab qistirilgan plita uchun (2,a–rasm) M = g1l /24; M = g2l /24; (1) 2. Yig‘ma plita va to‘sinlar uchun (ularni loyihalash yuqorida keltirilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi) M1sup= g1 l /12, M2 = g2 l /12; (2) 3. Konturi bo‘ylab erkin tiralgan plita uchun M1sp=g1l a/8, M2sp = g2 l a/8, (3) bunda a = 1 – k l l ( l + l ) – plita oraliq kesimlarida burovchi momentlarni hisobga olib aniqlik kirituvchi koeffitsient; k = 5/18 – konturi bo‘ylab qistirilgan plitalar uchun; k = 5/6 – erkin tiralgan plitalar uchun. l1 va 12 yo‘nalishlarda g yukning taqsimlanishi quyidagi formuladan hisoblanadi: g1 = g l /( l + l ); g2 = g l /( l – l ). (4) Konturi bo‘ylab tiralgan plitalar to‘sinli plitalar kabi to‘rlar bilan armaturalanadi. Plita oralig‘i 2,5 m dan katta bo‘lganda, oraliq va tayanchlar alohida sim to‘rlar bilan armaturalanadi. Oraliqning past qismida ikki yo‘nalishda ham ishchi sterjenlar o‘rnatiladi. Plita o‘rtasida armatura ko‘proq, chetida esa kamroq qo‘yiladi (3,a–rasm). Kalta sterjenlar tayanchdan I2/4 masofada uziladi. Tayanchlar ustida tayanch momentlari bo‘yicha hisoblab topilgan armaturalar o‘rnatiladi, ularning 50% i I2/4 masofada va 50% i I2/6 masofada uziladi (3,b – rasm).Plitalar to‘qilgan va payvandlangan sim to‘rlar bilan armaturalanadi. Plita oralig‘i 2,5 m dan kichik bo‘lganda, ular rulonli sim to‘rlar bilan armaturalanadi. Konturi bo‘ylab tiralgan plitalardan yuklar to‘sinlarga uchburchak va trapetsiya shaklidagi yuk maydonchasi ko‘rinishida uzatiladi (4,a – rasm). Bu yuklarni topish uchun plita burchaklaridan ularning kesishishigacha bissektrisa o‘tkaziladi (4,b–rasm). g ni (1 m2 ga) tegishli yuk maydoniga ko‘paytmasi ikki tomondan yuklangan to‘sin oralig‘idagi to‘la yukni beradi: oralig‘i l 2 bo‘lgan to‘sin uchun G2=0,5gl22 ; oralig‘i l1 bo‘lgan to‘sin uchun G1 = 0,5gl2 (2l1 –l2). To‘sinni hisoblash tartibi va armaturalash tamoyillari to‘sinli plitalari bo‘lgan qobirg‘ali konstruksiyalar bosh to‘sinidagi kabidir. Download 20.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling