2. Ma’ruzachi omma oldidagi nutqning qaysi talablariga amal qilmadi? (30)
Download 15.4 Kb.
|
KASUZ 2
KASUZ 2 Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi Mavluda Usmonova Ipoteka bankining shahar boʻlimi ma’muriyati iltimosiga koʻra “Globallashuv va jinoyatchilik” mavzuida ma’ruza qilgani keldi. M.Usmonova bankka 16.00 da – tadbir boshlanadigan vaqtda yetib bordi. Bank ma’muriyati xodimi bilan birga ma’ruza qilinadigan xonaga kirib, mavzu boʻyicha tayyorlagan taqdimotini qoʻyish uchun 10 daqiqalar urinishdi, biroq taqdimot qoʻyilmadi. Ma’ruza taqdimotsiz boshlandi. Mavluda Usmonovaning ma’ruzasi oʻtirganlarga uyqu dorisidek ta’sir koʻrsata boshladi. Ma’ruzachi bir ohangda, sekin nutq soʻzlagani sari, oʻtirganlarning boshi tobora pastga egilardi. Mavluda Usmonova oʻtirganlarning holatiga e’tibor bermasdan, qogʻozlarga yozilgan ma’lumotlarni oʻqib berdi. Ma’ruza tugaganini oʻtirganlar sezmay ham qoldilar. Savollar: 1. Vaziyatni izohlang. Ma’ruzachi soft skills koʻnikmalaridan qaysilariga ega emas? (30) 2. Ma’ruzachi omma oldidagi nutqning qaysi talablariga amal qilmadi? (30) 3. Tinglovchilarning e’tiborini jalb qilish uchun mavzuni qanday tarzda boshlash kerak? Misollar bilan izohlab bering. (40) 1.Ushabu savolga to’liq javob berish uchun dastlab soft skills ko’nikmalari nima ekanligiga aniqlik kiritib olsak maqsadga muvofiq hisoblanadi. Soft skills bub u kishilarning kasbiga bevosita bog’liq bo’lmagan ko’nikmalar hisoblanadi .Ular har qanday kasb egasiga atrofdagilar bilan ishlash uchun juda katta yordam beradi . Ayniqsa jamoviy ishlash sharaoitida bunday ko’nikmalar juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun dunoga mashhur kompaniyalar Google yoki Facebook singari kompaniyalar biror kishini ishga olish uchun ularning soft skills ko’nikmalariga katta e’tibor berishadi . Ma’ruzachi Usmonovada esa nutq qilish va yon atrofdagi auditoriya bilan ishlash kabi soft skills lar yetishmaydi . Chunki Usmonova ma’ruza qilayotgan paytda bir ohangda sekin nutq qilganligi bois tinglovchilarning boshi tobora past egilib ularning uyqisi kela boshlagan . bundan shuni hulosa qilish kerakki ma’ruzachi nutq qilish kabi soft skills ko’nikmalariga ega emas. 2.Omma oldida nutq sozlash juda murakkab jarayon bo’lib, oddiy odamlarning 90% foizi ko’pchilik oldida nutq so’zlashga qo’rqishadi. Nutq so’zlashning ham bir nechta talablari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat : 1.berilgan vaqtni hisobga olish 2.nutqning madsadi va sosiy g’oyalarini belgilab olish 3.auditoriyaga etibor berish 4. nutq so’zlashni mashq qilish 5. nima kiyishni oldinda rejalashtirish Ma’ruzachi Usmova nutq qilishning yuqoridagi talablarini deyarli bajarmagan .U nutqiga tayyorlanmaganligi sababli daftarida yozilgan ma’lumotlarni o’qishni boshlagan natijada esa tinglovchilar unga uning uning nuqtiga etibor qaratishni to’xtatishgan. Auditoriyaning uyqusini kelishiga yana bir saba Usmonova audiyoriga yetarlicha etibor qaratmaganligidadir . BU ham tinglovchilarning etiborsizligiga sabab bolgan . 3. tinglovchilarning etiborini jalb qilishning turli usullari mavjud .Bunday usullarda foydalanish uchun avvalo auditoriyaning yoshiga va kasbiga etobor qaratish lozim . Ularning Yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tanlangan usul menimcha samarali foida beradi. Menimcha tinglovchilarning kasbiga taaluqli biror ibora yoki mashhur kishining hikmatli gapi bilan boshlangan ma’ruzalar aksariyat tinglovchilarning e’tiborini tortishi mumkin . Misol uchun bizninh Huquqiy ko’nikmalar va metodologiya o’qituvchimiz o’zimizning nutqimizni tayyorlab kelishni butun guruhga vazifa qilib berdilar . Vazifa topshirish jarayonida bir talaba o’z nutqini aristotalning mashhur jumlalaridan biri bilan boshladi . Bu usul orqali barcha tinglovchi talabalarning e’tiborini birdek tortishga sasovor bo’ldi . Download 15.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling