2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
Download 61.92 Kb.
|
2-амалий машғулот
2-mashg’ulot Topografik kartadan xududni tabiiy ijtimoiy tavsifini o’rganish. Topografik kartaning varaqalarga bo’linishi va nomenklaturasini aniqlash Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: har xil masshtabdagi rangli topgrafik kartalar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali materiallar. Mashg’ulotdan maqsad: topografik kartalar bilan ishlashni, o’qishni, kartadan xududni tabiy ijtimoiy tavsifini, masofa va maydonni o’lchashni, kesma chizishni, karta nomenklaturasini aniqlashni o’rganish. Tuproqni xaritaga tushrishda asosan 1:10000, 1:25000, 1:50000 masshtabli gorizontallari bor topografik xaritalardan foydalaniladi. Topografik xaritalarni tanlanganda shunga alohida e’tibor berish kerakki, ularda aniq, etarli darajada to’liq tafsilotlar -relef, sug’orish tarmoqlari, yo’llar, o’rmon polosalari, aholi yashaydigan joylar va boshqalar ko’rsatalgan bo’lishi kerak. Uchta nusxada topografik xarita bo’lishi tavsiya qilinadi. Shulardan: bittasi dala sharoitida foydalanish uchun; ikkkinchisi oxirgi marotaba xaritaga ma’lumotlarni tushirish uchun; uchinchisi rezerv uchun bir nusxa 1:100000; 1:200000 masshtabli kartalardan butun tekshiriladigan nohiya uchun bo’lsa ayni maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday xaritalar ayniqsa boshlang’ich hudud bilan tanishish davrida va tuproq qoplamida umumiy qonuniyatni o’rganish davrida juda zarur. Tuproq xaritasining mazmunini to’liq tushirish uchun katta masshtabli topografik asoslardan foydalanish shart, hech qachon tuziladigan tuproq xaritasining masshtabidan topografik asosni masshtabi mayda bo’lmasligi kerak. Tuproqshunosning qo’lida yaxshi topografik asosi bo’lishi ishni ancha engillashtiradi va tuproq xaritasining sifatini yaxshilaydi. Topografik belgilar tuproq xaritasini tuzishda, dala sharoitida ilmiy izlanishlar olib borishda yordam beradi: joylardagi ayrim alohida jismlar: 1. Aholi yashaydigan joylar; 2. O’simlik qoplami va yer, gidrografiya; 3. Sanoat, qishloq xo’jaligi va sostial madaniy inshoatlar; 4. Yo’l tarmog’i; 5. Ma’muriy chegaralar va to’siqlar; 6. Joylardagi ayrim alohida jismlar orientirlar. Tuproq xaritasi uchun shartli belgilar, tuproq konturlarini bo’yashda tadqiqotchi tuziladigan xaritaning asosiy mohiyatini ifoda etishga intiladi, xarita oson o’qilishi, ko’rinishda bo’lishi kerak. Okeanlar, dengizlar ko’llar, suv omborlari, daryolar, kanallar, tog’lardagi muzliklar - suv ob’ektlarining asosiy elementidir. Shuning uchun ham u matematik elementlardan keyin birinchi bo’lib tasvirlanadi va xaritaning skileti deb yuritiladi. Qolgan elementlar suv ob’ektlariga bog’.tanib tasvirlanadi. Ayniksa relef va o’simlik.tarning tasvirlanishi suv ob’ektlariga bog’lik. Umuman suv ob’ektlari ko’k va havo rang tasvirda tasvirlanadi. Okean va dengizlar xamda yirik ko’llar suv osti relsfi xam ko’rsatilib, izobatlar bilan tasvirlanadi. Qirg’ok chiziqlar ko’k rangda, yo’g’onroq chiziq bilan belgilanadi. Yirik daryolar 2 chiziq bilan tasvirlanib, orasi bo’yaladi. Xalq xo’jaligidagi axamiyatiga qarab O’rta Osiyo va Qozog’istondagi mavsumiy oqadigan daryolar ham ko’rsatiladi. Daryolarning nomi oqish tomoniga karab yoziladi. Ba’zi bir umum geografik xaritalarda daryodagi sharsharalar, ostonalar ko’rsatiladi. Daryolarning kema qatnaydigan qismlari belgilar bilan ko’rsatiladi. Ko’llar ikkiga bo’linib ko’rsatiladi, chuchuk suvli ko’llar sho’r suvli ko’llarga bo’linadi. Agar ko’lning maydoni xaritada mm2 dan ko’p bo’lsa, uning nomi yoziladi. Kanallar eng asosiy suv ob’ektlari bo’lib, ular juda keng mazmunda tasvirlanadi. Chiqindi suvlar (zovurlar) ham maxsus shartli be.tgilar bilan ko’rsatiladi. Masalan, Quyi Amudaryo vohasidagi daryolik kollektori bunga misol bo’ladi. Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling