O’simlik va grunt qoplamining tasvirlanishi. O’simlik va tuproq qoplami er yuzasida maydon bo’yicha tarqalgan bo’lib, ular umumgeografik xaritalarda rang yoki shartli belgilar yordamida maydon bo’yicha tasvirlanadi. Masalan, saksovul o’sadigan hududlar ihota o’rmonzorlari maxsus shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Madaniy o’simliklar o’sadigan hududlar va xarita masshtabli xaritalarda alohida ajratib tasvirlanmasligi mumkin.
Aholi yashash joylari. Mayda masshtabli umumgeografik xaritalarda aholi yashaydigan joylar asosiy elementlardan biri bo’lganligi sababli etarli darajada ko’rsatiladi. Aholi yashaydigan joylar - siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazlar bo’lib, ularning xususiyatlarini saqlab qolish uchun har xil usullar qo’llaniladi. Masalan 1:1000000 masshtabli xaritada Toshkent shahrining hakiqiy maydonini ko’rsatmoqchi bo’lsak, u diametri 6 mm to’g’ri keladigan, taxminan tuxumga o’xshash shaklga to’g’ri keladi.
Aloqa yo’llari. Umumiy xaritalarda asosan 5 xildagi aloqa yo’llari tasvirlanadi: Quruqchilik, dengiz, daryo, havo va quvurlar. Ularning dastlabki uchtasi umumgeografik xaritalarda tasvirlanadi.
Iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan hududlarda temir yo’llar bilan bir qatorda, avtomobil yo’llari ham keng tarqalgan bo’ladi. Mayda masshtabli xaritalarda asosiy temir yo’llar ko’rsatilib, avtomobil yo’llari saralab olinadi.
Tog’li tumanlarda esa baland dovonlar (ularning balandligi) va tunellar alohida shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Daryo yo’llari esa maxsus shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Dengiz yo’llarining asosiy pristanlar va portlar ham ko’rsatilib yo’llarning uzunligi yoniga yozib ko’yiladi.
Siyosiy - ma’muriy chegaralarning ko’rsatilishi. Davlatlar hududlarini bir-biridan ajratish uchun davlat chegaralarini tasvirlovchi shartli belgilar ishlatilib, ularni tashqi tomonidan 3-4 mm (xaritaning masshtabiga qarab xar xil yo’g’onlikda bo’ladi) qalinlikda ko’zga tashlanadigan rang bilan bo’yaladi.
Davlat chegaralari daryolarga to’g’ri kelib qolsa, chegarani bildiruvchi shartli belgilar daryoning o’ng va chap tomoniga galma-gal qo’yiladi. Agar dengizning qirg’og’iga to’g’ri kelsa, shartli belgilar ko’rsatilmaydi. Mamlakatlar ichidagi respublika, o’lka, viloyat chegaralari ham alohida shartli belgilar bilan ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |