2. Matlabda ma’lumotlarni interpolyatsiya qilish Matlabda misollar yechish
Download 274.26 Kb. Pdf ko'rish
|
8-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matlabda ma’lumotlarni interpolyatsiya qilish 3.Matlabda misollar yechish
- Misol.
Mavzu: Matlab tizimida interpolyasiya masalalarini yechish texnologiyasi Reja: 1.Matlab tizimida ma’lumotlarning approksimatsiyasi va interpolyatsiya-sini hisoblash 2. Matlabda ma’lumotlarni interpolyatsiya qilish 3.Matlabda misollar yechish Matlab dasturida ma’lumotlarni polinomial approksimatsiya qilish uchun polyfit(x,y,n) protsedurasidan foydalaniladi. Bu yerda x – argumentlar vektori, u – natijalar vetori va n – approksimatsiyalovchi polinomning tartibi. Approksimatsiyalash natijasida uzunligi (n +1) bo‘lgan va approksimatsiyalovchi polinomning koeffitsiyentlaridan tashkil topgan vektor hosil bo‘ladi. Misol. Quyidagi jadval qiymatlari asosida ma’lumotlarni 5 – tartibli polynomial approksimatsiyalang: 1.5-jadval Yechish. Matlab buyruqlar oynasida X va Y ning qiymatlarini vektor sifatida kiritamiz va polyfit funksiyasidan foydalanib, 5 – tartibli polinomning koeffisiyentlarini hisoblaymiz (1.45-rasm). 1.45-rasm. Demak, izlanayotgan 5 – tartibli polinom quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 2 3 4 5 ( ) 1,27 19,89 117,04 318,97 397,87 174,5 P x x x x x x Agar bu polinom grafigini qurmoqchi bo’lsak, u holda stem, polyval va plot funksiyalaridan foydalanamiz (1.46-rasm). Matlabda ma’lumotlarni interpolyatsiya qilish uchun interp1 protsedurasidan foydalanish mumkin. Umumiy holda unga quyidagicha murojaat qilinadi: Yi = interp1(X,Y,Xi,’ Bu yerda to‘rtinchi kirish argumenti sifatida interpolyatsiya usuli ko‘rsatiladi: 'nearest' - pog‘onali; 'linear' - chiziqli; ‘cubic' - kubik; ‘spline' - kubik splaynlar. Agar usul ko‘rsatilmasa sukut bo‘yicha chiziqli interpolyatsiya amalga oshiriladi. 1.46-rasm. Misol. 1.5-jadval qiymatlari asosida ma’lumotlarni turli usullarda interpolyasiyalang. Yechish. Matlab buyruqlar oynasida interp1 va plot funksiyalaridan foydalanib, interpolyasiya chiziqlarini quramiz (1.47-rasm). 1.47-rasm. Agar to’g’ridan – to’g’ri interpolyatsion ko’phadini aniqlash talab etilsa, u holda maple('interp',('[Xi],[Yi]'),x) funksiyasidan foydalaniladi. Bu yerda diskret funksiya grafigini stem funksiyasi yordamida, maple funksiyasi qiymati bo’yicha aniqlangan interpolyasiya chizig’ini ezplot funksiyasi bilan qurish mumkin. Misol. Quyidagi jadvalda berilgan ma’lumotlar bo’yicha interpolyasiya ko’phadini aniqlang va uning grafigini quring: 1.6-jadval. Yechish. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, syms, maple, stem, ezplot funksiyalaridan foydalanamiz va inerpolyasiya ko’phadi va uning grafigini quramiz (1.48-rasm). 1.48-rasm. Muhandislik hisoblashlarini avtomatlashtirishda qo’llaniladigan amaliy dasturlarning ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, bu bilan maxsus algoritmik tillarda dastur tuzish shart bo’lmagan holda, to’g’ridan – to’g’ri modellarni hisoblash mumkin. Shuningdek, keng doiradagi muhandislik masalalarini osonlik bilan yechish mumkinligini ta’kidlash zarur. Nazorat savollari 1.Matlab dasturida interpolyasiya nima vazifani bajaradi 2. Approksimatsiya vazifasi nima Download 274.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling