2 mavzu : Iqtisodiy tizim turlari


Download 18.45 Kb.
Sana17.03.2023
Hajmi18.45 Kb.
#1279478
Bog'liq
Iqtisodiyot tizim turlari


2 - mavzu : Iqtisodiy tizim turlari

  1. Bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga bo’lgan zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, turli ma’naviy yo’nalishdagi xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi.

  1. Ma’naviy ehtiyojlar B) Shaxsiy ehtiyojlar C) Ishlab chiqarish ehtiyojlari D) yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar

  2. Qanday ehtiyoj - kishilarning pirovard iste’moli uchun mo’ljallangan mahsulot va xizmatlarga bo’lgan zarurat. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or buyumlari, shaxsga ko’rsatiladigan turli xizmatlar shaxsiy ehtiyojlarni namoyon etadi.

  1. Qanday ehtiyoj mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish maqsadida ishlatiluvchi turli iqtisodiy resurslarga bo’lgan zarurat. Ishlab chiqarish ehtiyojlariga xomashyo (neftь, paxta va h.k.), materiallar (po’lat, yog’och, tola va h.k.), asbob-uskunalar, ish mashinalari (yuk mashinasi, ekskavator, bulьdozer va h.k.), ishchi kuchi va boshqalarni kiritish mumkin.

  1. Moddiy ehtiyojlar B) Ma’naviy ehtiyojlar C) Shaxsiy ehtiyojlar D) Ishlab chiqarish ehtiyojlari

  1. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo’lgan ehtiyojlar qanday ehtiyoj deyiladi.

  1. Birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar B) yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar C) Shaxsiy ehtiyojlar D) Ma’naviy ehtiyojlar

  1. Odatda kishilarning turli darajalardagi guruhi (oila, jamoa, mamlakat fuqarolari va h.k.) Tomonidan birgalikda namoyon etiluvchi ehtiyojlar qanday ehtiyoj deyiladi.

A)birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar B) yakka tarzda qondiriluvchi ehtiyojlar C) Shaxsiy ehtiyojlar D) Ma’naviy ehtiyojlar
5. Qanday eehtiyoj - bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan yuqori bo’lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug’ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
A) Birlamchi ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
6. Qanday ehtiyoj - bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo’lgandan so’ng namoyon bo’ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug’ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
A) Birlamchi ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
7. Qanday ehtiyoj - bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o’zaro teng va boshqa belgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
A) Birlamchi ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
8. Qanday ehtiyoj - bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko’p bo’lmasin, ular o’z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko’pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o’zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o’zaro teng va boshqa belgilari bo’yicha o’xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
A) Birlamchi ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
9) Qanday ehtiyoj - bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o’z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo’lsin. Ota – shifokor, ona – o’qituvchi, ikki o’g’il – talaba, qiz – maktab o’quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injener, ona – uy bekasi, qiz – talaba va o’g’il – maktab o’quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o’z tarkibi va darajasiga ko’ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebelь ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo’ladi.
A) Birlamchi ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
10. Qanday ehtiyoj - bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, har bir mahalla o’zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, bolalar bog’chasi, dam olish joylari, istirohat bog’lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
A) Hududiy ehtiyoj B) Ikkilamchi ehtiyoj c) Yakka ehtiyoj D) Guruhiy ehtiyoj
Download 18.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling